Anvar Aʼzamovich Aʼzamxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Anvar Aʼzamovich Aʼzamxoʻjayev (1928.17.2- Toshkent – 1994.19.6) – huquqshunos olim. O‘zbekiston fanlar akademiyasi muxbir a’zosi (1968). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1978). Yuridik fanlari direktori (1964), professor (1966). Toshkent yuridik institutini tugatgan (1949). Shu institutda katta o‘qituvchi, dotsent (1952–55). Toshkent Davlat Universiteti prorektori vazifa-sini ijro etuvchi (1964–65), yuridik fakulteti dekani (1971–85), O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining boshqarma boshlig‘i (1965–66), vazir o‘rinbosari (1966–70), O‘zbekiston Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston fanlar akademiyasi Prezidiumi a’zosi hamda akademik kotibi (1970–71). Toshkent davlat yuridik instituti rektori (1991–93). Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy qo‘mita raisi (1993–94). Aʼzamxoʻjayev O‘zbek huquqshunoslik fanining tashkilotchilaridan biri sifa-tida uning ravnaqiga, yuqori malakali yurist-olimlar, amaliyotchi mutaxassislar tayyorlash ishiga hissa qo‘shdi. Davlat huquqi, milliy davlat qurilishi naza-riyasi va tarixi, konstitutsiyaviy hamda ma’muriy huquq sohalarida tadqiqotlar olib bordi. U huquqshunoslik va adliya masalalari bo‘yicha bir qancha darslik va o‘quv-metodik asarlar muallifi. Beru-niy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).As: O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining huquqiy asoslari, T., 1993.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil