Malik Hakimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Malik Hakimovich Hakimov (1921.25.10 - Toshkent- 1980.12.5) — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972). Yuridik fanlari doktori (1965), professor (1967). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1939—1942). Toshkent yuridik institutini tugatgan (1945). Butunittifoq sirtqi yuridik instituti Toshkent filia-lining direktori (1949—50). Toshkent yuridik institutida katta oʻqituvchi (1950-53). VSSPSning Toshkent oliy maktabida kafedra mudiri va direktor oʻrinbosari (1953—56). Partiya tarixi institutida sektor mudiri (1956—57). 1958 yildan umrining oxirigacha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti sektor mudiri. H.ning ilmiy ishlari davlat huquqi, oʻzbek davlatchiligi tarixiga bagʻishlangan. Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi koʻchalardan biri uning nomi bilan ataladi.

Adabiyot[tahrir]

  • Ezgulikka bagʻishlangan umr, T., 2001.