Qoriyev Maqsud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qoriyev Maqsud (1926.1.8, Toshkent) — yozuvchi va jurnalisg . Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1968). Toshkent yuridik institutini tugatgan. Yuridik fanlari nomzodi, dotsent (1994). "Toshkent haqpqati" gaz.da muharrpr oʻrinbosari, bosh muharrir (1954— 63), "Sovet Oʻzbekistoni" gach. (1964-84), "Mushtum" jur.da bosh muharrir (1984—92). Jurnalistik faoliyati 50-yillarning boshlari. adabiy faoliyati esa 60-yillarning 2-yarmida kichik hikoyalar yoznsh bilan boshlangan. Q. "Oidin kechalar" (1968), "Jiyda gullaganda" (1970), "Oy tutilgan kecha" (1971). "Qiz uzatib borganda" (1972). "Afrosiyob goʻzali" (1974). "Turnalar baland uchadi" (1976) qissa va hikoyalar toʻpdamlarida yosh tmondosh.tari hayotiga murojaat etib, ular hayoti va ruhiy olamida kechayotgan oʻzgarishlarni tasvirlashga alohida ahamiyat bergan. Q.ning keyingi ijodida tarixiy oʻtmish mavzui ustuvorlpk qiladi: "Spitamen" (1985), "Ibn Sino" (1995). "Gʻaznaviylar" kabi tarixiy romanlar, "Ibn Sinoning bolaligi" (2002) qissasi kitobini yozgan. Q.. shuninglek. "Davlat va huquq nazariyasi" darsligi mualliflaridan biri. Q.ning lirik qissalari asosija "Mirzo va Lola" telespektakli, "Qaldirgʻochlar bahorda keladi" (rejissyor H.Ahmar). "Qiz uzatib borganda" (rejissyor U.Nazarov) badiiy filmlari yaragilgan.

Q. "Shuhrat" medali (1996) va "Elyurt hurmati" (1998) ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir]

  • Saylanma asarlar [3 j.lp]. 1—2j., T.. 2000.