Hamid Vohidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hamid Fozilovich Vohidov (1925.10.12, Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1976), falsafa fanlari doktori (1971), professor (1973), Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkent yuridik institutini tugatgan (1950). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti falsafa va estetika kafedrasi mudiri (1961—1979), Toshkent Davlat Universiteti falsafa kafedrasi mudiri (1979). Markaziy muzey Toshkent filialining direktori (1979—88). 1988 yildan Toshkent davlat sanʼat institutining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori va falsafa kafedrasining professor Ilmiy ishlari Urta Osiyo xalkdarining ijtimoiy-siyosiy va falsafiy fikri tarixi, maʼrifatparvarlik gʻoyalari muammolariga bagʻishlangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil