Maxmud Musayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Maxmud Musayevich Musayev (1919.17.11, Xoʻjand — 2003.22.1, Toshkent) — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972). Tarix fanlari doktori (1965), professor (1966). Qoʻqon ped. bilim yurtini (1938), Toshkent yuridik institutini tugatgan (1948). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1954—56 yillarda Moskva ijtimoiy fanlar akademiyasida oʻqigan. 1950—58 yillarda partiya ishida masʼul xodim; Partiya tarixi instituti direktori oʻrinbosari (1958—61). Toshkent xalq xoʻjaligi institutida kafedra mudiri (1961-86), maslaxatchi professor (1987—2003). Ilmiy ishlari partiya tarixi masalalariga, yoshlar tarbiyasi muammolariga bagishlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil