Yakov Yefimovich Pesin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yakov Yefimovich Pesin (1914.31.3, Belorussiyaning Bixov shahri — 1998.30.6, Toshkent) — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1964). Yuridik fanlari doktori (1972), professor (1974). Moskva yuridik institutini tugatgan (1939). Toshkent yuridik institutida katta oʻqituvchi, kafedra mudiri, direktor oʻrinbosari, dekan (1949 yildan). Ilmiy ishlari oila huquqi, fuqarolik protsessi masalalariga bagʻishlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil