Rahim Hakimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rahim Hakimov
Tavalludi 2-yanvar 1983-yil (1983-01-02) (41 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston Respublikasi
Veb-sayti www.edu.uz

Rahim Rasuljonovich Hakimov (2-yanvar 1983-yilda tugʻilgan) — oʻzbek siyosatchisi, huquqshunos olim, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati (2015—2019). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-sentyabrdagi Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimiga tayinlangan.[1] Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi PQ-5156-son qarori bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlangan; 2022-yil dekabr oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari[2] lavozimida faoliyat yuritmoqda;1-darajali adliya maslahatchisi.

Tarjimayi hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rahim Hakimov 1983-yilda Namangan viloyati Chust shahrida tugʻilgan. Otasi, Hakimov Rasuljon, pensioner, oliy maʼlumotli zootexnik. Pensiyaga chiqquniga qadar koʻp yillar davomida qishloq xoʻjaligi sohasida ishlagan. Oddiy veterinar vrachdan Chust tumani Qoraqoʻrgʻon qishlogʻida joylashgan „Galaba“ shirkat xoʻjaligi raisi lavozimigacha koʻtarilgan. Onasi — Hakimova Rohatxon — koʻp yillar davomida maktabgacha taʼlim muassasasida tarbiyachi boʻlib ishlagan, hozir pensiyada. Rahim Hakimov 1997-yilda Lomonosov nomidagi 3-maktabni, 1999-yil — Chust tumanidagi iqtidorli bolalar litsey-internatini tugatgan. 2003-yilda Namangan davlat universiteti yuridik fakultetini (bakalavr darajasi), 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini (magistratura darajasi) imtiyozli diplom bilan tamomlagan, shu yili u „Huquq va xalqaro munosabatlar“ yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan.

Ish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rahim Hakimov 2005—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutida turli lavozimlarda ishlagan, mutaxassislikdan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi qonun hujjatlari monitoringi boʻlimi boshligʻigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtgan. 2008—2010-yillarda u Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Soliq akademiyasida yuridik fanlar kafedrasi dotsenti, 2012—2015-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining „Davlat qurilishi va boshqaruvi asoslari“ kafedrasi dotsenti lavozimlarida oʻrindoshlik asosida ishlagan. 2014-yil noyabr oyida Oʻzbekiston Liberal-Demokratik partiyasidan parlament deputatligiga nomzod sifatida koʻrsatilib, saylovlar natijasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan[3]. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xavfsizlik va mudofaa qoʻmitasining aʼzosi, soʻngra esa mazkur qoʻmita raisi sifatida faoliyat yuritgan[4]. 2017-yil dekabridan boshlab, deputatlik faoliyati bilan bir vaqtning oʻzida Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutini direktori sifatida faoliyat yuritgan.
2019-yil sentyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori[5] lavozimiga tayinlangan, shu sababli Qonunchilik palatasi deputati vakolatlarini muddatidan oldin tugatgan.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi PQ-5156-son qarori bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati sifatidagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi aʼzosi, soʻngra raisi sifatida u 30 ta qonun loyihasini tayyorlash va qabul qilish uchun mas’ul boʻlgan, 12 ta qonun loyihasi tashabbuskori boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi, „Mudofaa toʻgʻrisida“gi, „Qurol toʻgʻrisida“ va boshqa Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini ishlab chiqish va qabul qilishda faol ishtirok etgan. U Hindiston parlamenti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha Oliy Majlisning parlamentlararo guruhiga rahbarlik qilgan, Xitoy va Kanada parlamentlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida tuzilgan parlamentlararo guruhlarning aʼzosi boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi „Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida“gi Farmoniga muvofiq tuzilgan davlat va jamoat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiya aʼzosi[6]. Ushbu komissiya tarkibida u bir qator qonunlar, shu jumladan „Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida“gi konstitutsiyaviy qonuni, „Parlament nazorati toʻgʻrisida“gi va „Jamoat nazorati toʻgʻrisida“gi qonunlar va ularga qoʻshimchalarni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan. Shuningdek, u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi Farmoni bilan tasdiqlangan norma ijodkorligi faoliyati konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha komissiya aʼzosi.

Ilmiy-tadqiqot instituti direktori sifatidagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

RahimXakimov parlament huzurida tadqiqot institutini yaratishda faol qatnashgan. Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining birinchi direktori boʻldi[7]. Ushbu institutning direktori sifatida (2017-yil dekabr — 2019-yil sentyabr) u sud amaliyoti muammolarini hal qilishga qaratilgan 64 ta qonun loyihasi huquqiy ekspertizasini tashkil qilish va oʻtkazish hamda 185 dan ortiq tahliliy materiallarni tayyorlashga rahbarlik qildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimidagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori sifatida ish boshlaganidan soʻng, u taʼlim jarayonini modernizatsiya qilish va taʼlimni baynalmilallashtirishga qaratilgan islohotlar jarayonini boshladi, ulardan asosiylari quyidagilar:
Yevropa kredit tizimi — ECTS (European Credit Transfer and Accumulation System)ni joriy etish;
elektron hujjat aylanishiga oʻtishni va oʻquv jarayonini raqamlashtirishni nazarda tutuvchi „Elektron universitet“ (E-universitet) loyihasini boshlash;
universitetda huquqshunoslik sohasida yangi axborot texnologiyalari va tizimlarini faol rivojlantirish va joriy etishga qaratilgan Legal Tech laboratoriyasini yaratish;
universitetda korrupsiyaga qarshi „nol tolerantlik“ni shakllantirishga qaratilgan Korrupsiyaga qarshi kurash dasturini tasdiqlash;
universitetda Mediatsiya va nizolarni alternativ hal qilish markazini yaratish;
Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun universitet stipendiyalari va grantlarini joriy etish;
bakalavr va magistr darajalarining istiqbolli bitiruvchilari va universitet xodimlari uchun chet el taʼlim va ilmiy muassasalarining magistratura va doktoranturalarida bilim olishlari uchun toʻlovlar va tegishli xarajatlarni qoplash tizimini yaratish;
xorijiy hamkor universitetlar, xususan Buyuk Britaniyaning QIrolicha Mariya Universiteti, Litvaning Mikolas Romeris Universiteti, Belarus Respublikasining Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti va Gomel davlat universitetlari, Xitoy Xalq Respulikasining Sharqiy Xitoy siyosiy fanlar va huquq universiteti bilan xalqaro huquqning turli ixtisosliklari boʻyicha bakalavr va magistratura bosqichida yuridik kadrlarni tayyorlash boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini (double degree) amalga oshirish;
2020-yilda Regensburg universiteti (Germaniya Federativ Respublikasi) bilan birgalikda nemis tilini biladigan malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga qaratilgan Germaniya huquqi va qiyosiy huquqiy tadqiqotlar markazini ochish;
Toshkent davlat yuridik universitetining ilk xorijiy fakultetini ochish (Tojikiston Respublikasida); Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey va yuridik texnikumlar faoliyatini tubdan takomillashtirish; universitetning Xalqaro Universitetlar Assotsiatsiyasi (IAU), Xalqaro Yuridik Maktablar Assotsiatsiyasi (IALS), Yevropa Huquq Maktablari Uyushmasi (ELFA) va Observatory Magna Charta Universitatum — Xalqaro Universitetlar Uyushmasi aʼzoligiga erishish. Uning rektorligi davrida Toshkent davlat yuridik universiteti Buyuk Britaniyaning oliy taʼlim sohasiga oid muhim masalalarni yorituvchi va universitetlar faoliyatini baholab boruvchi Times Higher Education tashkilotining THE Impact Ranking reytingida dunyoning TOP-500 ta universitetlari roʻyxatida 401-oʻrinni egallab, mazkur reytingda mamlakatimiz va Markaziy Osiyo OTMlari orasida eng yuqori natijani qayd etdi.[manba kerak]

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari lavozimidagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari sifatida ishlagan davrida R.Hakimova Oʻzbekistonda oliy taʼlimni yanada modernizatsiya qilishga qaratilgan qator ilgʻor gʻoyalar va loyihalarni amalga oshirishda tashabbus bildirib, faol ishtirok etdi, xususan:

- mamlakatning 41 ta universitetiga akademik, tashkiliy, moliyaviy mustaqillik berish uchun uchun zarur normativ-huquqiy baza yaratildi;

- oliy taʼlimga raqamli texnologiyalar faol joriy etildi (shartnoma shakllarini taqdim etishdan boshlab butun oʻquv jarayonini raqamlashtirishgacha);

- mamlakat otmlari HEMIS (oliy taʼlimni boshqarish tizimi) maxsus dasturiga oʻtishni boshlab, qogʻoz hujjat aylanishi minimallashtirildi ;

- mamlakat oliy taʼlim muassasalarni tan olingan xalqaro reytinglarga (QS, THE va boshqalar) kirishini taʼminlash boʻyicha maxsus dastur qabul qilindi;

- 2022-yilda Oʻzbekistonning 8 ta oliy taʼlim muassasasi ilk bor QS Osiyo reytingining eng yaxshi 1000 taligidan oʻrin egalladi;

- universitetlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini faollashtirish, ilmiy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish, zamonaviy universitetlararo ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini yaratish boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimidagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning dekabr oyidan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda

Ilmiy faoliyat va natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilda „Davlat hokimiyati tizimida parlament: nazariya va amaliyot muammolari“[8] mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va yuridik fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. 2014-yilda unga „Konstitutsiyaviy huquq. Maʼmuriy huquq. Moliyaviy va bojxona huquqi“ ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvoni berildi. 2018-yilda u „Davlat hokimiyati tarmoqlari oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish“[9] mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini oldi. 2020-yilda professor ilmiy unvoni berildi. U qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga bagʻishlangan 3 ta monografiya[10], 24 ta ilmiy va amaliy qoʻllanmalar tayyorladi, jami 100 ga yaqin ilmiy nashrlarning muallifi. Shuningdek, u „Yuridik fanlar axborotnomasi“[11] va „Review of Law science“ kabi taniqli ilmiy va amaliy huquqiy jurnallarning bosh muharriri.

Asosiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Parlament tizimini isloh qilishning asosiy tamoyillari va bosqichlari, uning Oʻzbekistonda davlat qurilishidagi rolini kuchaytirish" (2009); „Parlament davlat hokimiyati tizimida: nazariya va amaliyot muammolari“ (2009); „Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish“ (2013); „Parlament huquqi“ (2014); "Oʻzbekistonda parlament nazorati huquqiy asoalarini rivojlantirish: „Parlament nazorati toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining asosiy qoidalari (2016); „Konstitutsiyaviy huquq“ (2016); „Davlat hokimiyati tarmoqlari oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish“ (2018); „Prezident tashabbuslari — parlament nazoratini kuchaytirishning muhim omili“ (2019); „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi“ (2020).

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

«Oʻzbekiston mustaqilligiga 20 yil» koʻkrak nishoni (2011)

«Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil» koʻkrak nishoni (2016)

«Oʻzbekiston konstitutsiyasiga 25 yil» koʻkrak nishoni (2017)

«Oʻzbekiston mustaqilligiga 30 yil» koʻkrak nishoni (2021)

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uylangan, qizi va ikki oʻgʻli bor.[manba kerak]

Shuningdek[tahrir | manbasini tahrirlash]

en: Rahim Hakimov

ru: Хакимов, Рахим Расулжонович

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent davlat-yuridik universitetiga yangi rektor tayinlandi
  2. „Раҳим Ҳакимов Ўзбекистон президенти маслаҳатчиси ўринбосари этиб тайинланди“.
  3. Parlament quyi palatasiga saylov yakunlandi[sayt ishlamaydi]
  4. Oliy Majlis quyi palatasining ayrim qoʻmitalari tarkibi oʻzgardi[sayt ishlamaydi]
  5. Raxim Hakimov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlan[sayt ishlamaydi]
  6. Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi
  7. Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutiga direktor tayinlandi, 8–noyabr 2020–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2–noyabr 2020–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  8. [10]
  9. [11]
  10. [12]
  11. [13]