Mirzayusuf Rustamboyev
| Mirzayusuf Hakimovich Rustamboyev | |
|---|---|
![]() | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi | |
|
Mansab davri 2021-yildan[1] | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Bosh vazir | Abdulla Aripov |
| Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
|
Mansab davri 2001-yildan – 2012-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Bosh vazir | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Halimboy Boboyev |
| Vorisi | Omonulla Muhammadjonov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
15-oktyabr 1953-yil Jambul (viloyat) |
| Mukofotlari |
|
| Unvoni | Polkovnik |
Mirzayusuf Hakimovich Rustamboyev (ruscha: Мирзаюсуф Хакимович Рустамбаев, 15-oktyabr, 1953-yil, Jambul, Qozogʻiston SSR) – oʻzbek huquqshunosi, yuridik fanlar doktori, professor. 2021-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi[2]. 2001-yildan 2012-yilgacha Toshkent yuridik instituti rektori.
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]1975-yilda Toshkent universitetining yuridik fakultetini bitirgan.
1977—1983-yillarda Oʻzbekiston SSR prokuraturasida ishlagan.
1983—2001-yillarda Toshkent yuridik institutida metodistdan prorektor lavozimigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi.
2001—2012-yillarda Toshkent davlat yuridik instituti rektori boʻlgan.
2001—2002-yillarda davlat boshqaruvini demokratlashtirish va referendum oʻtkazish boʻyicha respublika ishchi guruhi aʼzosi.
2005—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻlgan.
2021-yil 22-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi etib tayinlandi va unga polkovnik harbiy unvoni berildi[3].
„Shaxsga qarshi jinoyatlar“, „Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat huquqi“ darsliklari muallifi[4]. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti va yuridik ensiklopediyasi tahrir hay’ati aʼzosi boʻlgan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻgʻli Sardor Rustamboyev – diplomat, siyosiy fanlar nomzodi. 2018-yildan 2024-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya va Portugaliyadagi, 2024-yildan Hindistondagi elchisi[5].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2002-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist faxriy unvoni berilgan[6]
2021-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi[7].
2022-yilda 2-darajali „Shon-sharaf“ ordeni bilan taqdirlangan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Начальник университета полковник Рустамбаев Мирзаюсуп Хакимович“.
- ↑ „RUSTAMBAEV Mirzayusuf Hakimovich“.
- ↑ „Milliy gvardiya instituti Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi“.
- ↑ „Рустамбаев, Мирзаюсуп Хакимович - Уголовное право Республики Узбекистан. Особенная часть : Учеб. для вузов“.
- ↑ „Президент Франции принял верительные грамоты от посла Узбекистана“.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўн бир йиллиги муносабати билан ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари, Мудофаа ва Фавқулодда вазиятлар вазирликлари, Давлат чегараларини ҳимоя қилувчи қўмитаси ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.
- ↑ „Professor Mirzayusuf Rustamboyev TDYU “Faxriy professori” faxriy unvoni bilan taqdirlandi“.
- ↑ „Наши сослуживцы, получившие государственные награды“. 2023-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.

