Mamlakat Vosiqova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vosiqova Mamlakat Sobirovna (1924. 25. 12 - Toshkent - 1997.12.1) -huquqshunos olima, jamoat arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist (1974). Yuridik fanlari doktori (1978), professor (1986). Toshkent yuridik institutini tugatgan (1946). Oʻzbekistan Adliya vazirining oʻrinbosari (1952—57), Oʻzbekistan Oliy Sudi raisining oʻrinbosari (1957—60). Oʻzbekiston Oliy Kengashi Prezidiumida yuridik boʻlim mudiri (1960—64), Oʻzbekiston Vazirlar Kengashi huzuridagi yuridik komissiya raisi (1964—70). Oʻzbekiston Adliya vaziri (1970—84). 1984 yildan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida huquq asoslari kafedrasi mudiri. Uning bevosita ishtiroki va rahbarligida koʻp jildli qonunlar toʻplami va qonunlar majmuasi (1984) hamda oʻzbek tilida fuqarolik, jinoyat, jinoyat-protsessual, nikoh va oila kodekslariga sharxlar tayyorlanib nashr etilgan. "Shuxrat" medali bilan taqdirlangan (1994).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil