Muzrob Ikromov
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Ikromov Muzrob Muborakxojiyevich | |
---|---|
![]() | |
Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Hisob palatasi raisi | |
Mansabda 2017-yil — 2019-yilgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Olimxon Rustamov |
Vorisi | ? |
Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Аdliya vаziri | |
Mansabda 2015-yil — 2017-yilgacha | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Nigʻmatilla Yoʻldoshev |
Vorisi | Ruslanbek Davletov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
14-sentabr 1973-yil (48 yosh) Toshkent |
Mukofotlari |
![]() ![]() |
Ikromov Muzrob Muborakxojiyevich (oʻzbekcha: Икрамов Музраф Мубаракходжаевич) — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri (2015-2017)[1], Oʻzbekiston Hisob palatasi raisi (2017-yildan).
Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1973-yil 14-sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti — oliy, huquqshunos.
- 1995-yil Toshkent davlat yuridik institutini, 2007-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.
- 1995-1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi iqtisodiy islohot boʻyicha qonunchilik va meʼyoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash hamda huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi katta maslahatchisi.
- 1997-2003 — Adliya vazirligi idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi, Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi.
- 2003-2008 — Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻi — vazirlik huzuridagi Huquqiy axborot bilan taʼminlash markazi rahbari.
- 2008-2012 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi huquqiy ekspertiza boʻlimi mudiri.
- 2012-2013 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmatining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati bilan hamkorlik qilish boʻyicha shoʻba mudiri.
- 2013-2015 — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari.
- 2015-2017 — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri.
- 2017-2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi.
- 2019-2020 — Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi.
- 2020-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() ![]() |