Yorqul Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdullayev Yorqul (1942.18.3, samarqand viloyati Gʻozgʻon qishlogʻi) — iqtisodchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1992), iqtisod fanlari doktori, professor (1990). Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tugatgan (1968). Shu institutda assistent (1968-72), statistika kafedrasida katta oʻqituvchi (1972-74), dotsent (1980), hisob-iqtisod fakulteti dekani (1985-91), 1991-yildan Toshkent moliya institutida prorektor. Ilmiy ishlari mintaqaviy statistika masalalariga bagʻishlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Makroiqtisodiy statistika, T., 1996; Bozor iqtisodiyoti iazariyasi va amaliyoti, T., 1999; Menejment, T., 2001; Statistika, T., 2002.