Ahmad Oʻlmasov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ahmad Oʻlmasov (1932.10.10, Toshkent) — iqtisodchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), iqtisod fanlari doktori (1969), professor (1971). Oʻrta Osiyo universitetining tarix fakultetini tugatgan (1954). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida ilmiy xodim (1958—61). Toshkent tibbiyot instituti (1961—76), Toshkent xalq xoʻjaligi instituti (1976—91) siyosiy iqtisod kafedralari mudiri, Toshkent moliya institutida ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (199196). 19962004 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bankmoliya akademiyasining iqtisodiyot, moliya va bank ishi nazariyasi kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari iqtisodiyot nazariyasi, bozor iqtisodiyoti, iqtisodiy taʼlimotlar tarixi, xalq xoʻjaligi tarixi muammolariga bagʻishlangan. Iqtisodiyot nazariyasi boʻyicha darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, lugʻat va maʼlumotnomalar yaratgan. Koʻp qismli "Hammabop iqtisodiyot" videofilmi muallifi.

Manbalar[tahrir]

  • Iqtisodiyot nazariyasi (hammualliflikda), T., 1995; Bozor iqtisodiyoti (hammualliflikda), T., 1991; Iqtisodiyot asoslari, T., 1997; Iqtisodiy bilim asoslari, T., 2002.