Kontent qismiga oʻtish

Ibrohimjon Iskandarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibrohimjon Iskandarov (1932.8.5, Sayram tumani Qoramurt qishlogʻi, Qozogʻiston — 13.12.2020) — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akad (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1992), iqtisod fanlari doktori (1969), professor (1973). Toshkent moliya-iqtisod institutini tugatgan (1953). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ijtimoiy fanlar boʻlimi kotibi (1962—63), Iqtisodiyot institutida boʻlim mudiri (1963—68). Oʻzbekiston Davlat reja qoʻmitasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar institutida ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbo-sari (1968-69). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti direkto-rining oʻrinbosari (1969—71), direktori (1971—75). Toshkent xalq xoʻjaligi instituti rektori (1975—76), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa, iqtisod va huquq boʻlimi akad.kotibi (1976—79) va ra-isi (1984—87); Fanlar akademiyasi Prezidiumi bosh ilmiy kotibi (1979—84). Oʻzbekiston Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari — Davlat Reja qoʻmitasi raisi (1987—89); Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarini oʻrganish kengashi raisi (1989—90), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti (1990—96). 1997-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida iqtisodiy integratsiya mu-ammolari boʻlimi boshligʻi.

I.ning ilmiy ishlari sanoat iqtisodiyoti, yalpi milliy mahsulotni hisoblash uslubiyati, bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida Oʻzbekistonning jahon iktisodiyotiga integratsiyalashuvi muammolariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974).

  • Ekonomicheskiye problemi razvitiya tekstilnoy promishlennosti v Oʻzbekistane, T., 1969; Problemi ekonomicheskoy nauki v Oʻzbekistane, T., 1979.[1]



  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil