Vladimir Vasilyevich Kim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vladimir Vasilyevich Kim (1929. 25.9, Rossiya Federatsiyasi Xabarovsk oʻlkasi, Bikino shahri) — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981), iktisod fanlari doktori (1972), professor (1973). Toshkent moliya-iqtisod institutini tugatgan (1950). Toshkent xalq xoʻjaligi institutiqishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasida oʻqituvchi, dots., kafedra mudiri (195682), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi falsafa, iqtisod, yuridik fanlari boʻlimi akad.-kotibi (1982—84), Toshkent xalq xoʻjaligi institutiprorektori (1985—94). 1995 yildan Toshkent iqtisodiyot universitetida maslahatchi. Ilmiy ishlari Oʻzbekistondagi paxtakor xoʻjaliklarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, respublika agrosanoat majmuida iqtisodiy oʻsish va uni taʼminlash omillari, qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida samaradorlikni baholash metodologiyasi masalalariga bagishlangan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil