Termiziy al-Hakim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Termiziy al-Hakim, Hakim Termiziy (toʻliq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir Hakim Termiziy) (taxminan 750/760 — Termiz — taxminan 869) — mashhur mutasavvif. T.ning tarjimai holiga oid maʼlumotlar oʻrta asr arab mualliflaridan Tojiddin Subkiy, Xatib Bagʻdodiy, Ibn Hajar Asqaloniy, Abdurahmon Sullamiy va boshqalarning asarlarida, shuningdek, allomaning oʻzi yozgan "Badʼu shaʼni Abu Abdulloh" ("Abu Abdulloh ishining boshlanishi") avtobiografik risolasida keltirilgan. Shuningdek, T. qabri ustiga oʻrnatilgan sagʻana bitiklarida ham uning hayoti haqida baʼzi maʼlumotlar bor. T. yoshlik yillarida oʻz yurtida tanikli olimlardan taʼlim olgan. Ilmini takomillashtirish maqsadida Sharq mamlakatlarining koʻp shaharlarida, jumladan, Balx, Nishopur, Bagʻdod, Makka va Madinada boʻladi. Oʻsha davrning yirik allomalari bilan ilmiy bahs va munozaralarda ishtirok etadi.

T. qalamiga mansub asarlar koʻp. Misrlik olim shayx Abdulfattoh Abdulloh Barakaning dalolat berishicha, T. 400 dan ortiq asar yozgan, ulardan 60 ga yaqini bizgacha yetib kelgan. Ular orasida eng avvalo, Muhammad (sav) hadislariga bagʻishlangan "Navodir alusul fi maʼrifat axbor Rasul" ("Rasululloh xabarlarini bilishda nodir usullar") kitobini aytish kerak. Ushbu asarning 2 qoʻlyozma nusxasi Toshkentda mavjud boʻlib, ulardan biri Oʻzbekiston musulmonlar idorasining kutubxonasida, ikkinchisi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik intida saqyaanadi. Allomaning keyingi yillarda nashr etilgan asarlaridan tasavvufga oid 2 kitobi: "Kitob haqiqat alodamiya" ("Insoniyat haqiqati toʻgʻrisida kitob") va "Adab unnafs" ("Nafs odobi")ni koʻrsatish mumkin.

T. asarlarining aksariyati qoʻlyozma holda jahonning yirik shaharlaridagi qoʻlyozmalar xazinalarida saqlanadi. Jumladan, Parij Milliy kutubxonasida quyidagi asarlarining qoʻlyozmalari mavjud: "Kitob ussalot va maqosiduho" ("Namoz va uning maqsadlari"), "Kitob ulhajj va asrorihi" ("Haj va uning sirlari"), "Kitob ulihtiyotot" ("Ehtiyotkorlik yoʻllari"), "Kitob uljuma allozim maʼrifatiho" ("Bilish lozim boʻlgan jumlalar"), "Kitob ul furuq va manʼ uttaroduf" ["Farqlar va taroduf (ketma-ketlik)ni man qilish"], "Kitob haqiqat ulodamiya" ("Insoniyat haqiqati toʻgʻrisida kitob"), "Kitob urs ulmuvahaddiyn" ("Yakka xudoga eʼtiqod qilganlarning zavqi"), "Kitob ulaʼzo van nafs va yusammo kazolika gʻavr ulumur" ("Aʼzolar va jon yoki ishlarning mohiyati haqida kitob"), "Kitob manozil alibod min aliboda" ("Bandalarning bandachilikdagi manzillari yohud Alloxga intiluvchilarning manzillari haqida kitob". Bu kitob 2003 y. "Movarounnahr" nashriyotida oʻzbek tilida chop etildi), "Kitob ulaql valhavo" ("Aql va havoyi nafs haqida kitob"), "Kitob ulamsol min alKitob vas sunnat" ("Kurʼon va sunnatdagi masallar kitobi"), "Kitob almanohiy" ("Raddiyalar haqida kitob"). Damashqdagi AzZohiriya kutubxonasida 2 kitob va 5 risolasi bor. Iskandariya (MAR)ning Maktabat alBaladiya kutubxonasida 3 ta, London kutubxonasida 5 ta asari saklanadi. T.ning bizgacha yetib kelgan muhim asarlaridan biri "Xatm ulavliyo" (baʼzi manbalarda "Xatm ulvaloyat") boʻlib, unda T.ning valiylik haqidagi qarashlari keng bayon qilinadi. Valiylikning haqqoniyligi, uning nubuvvat (paygʻambarlik) bilan bogʻliq boʻlgan jihatlari asarning bosh mavzusi hisoblanadi. T. fikricha, aklzakovat oʻzlashtira oladigan eng oliy bilim — maʼrifat yoki hikmatdir, bu — inson kalbini yorituvchi "ilohiy nur"dir. Turfa ilmlarni oʻqiboʻrganish jarayonida uni egallash mumkin, ammo asl maʼrifat Allohning oʻzi yarlaqagan zotlargagina nasib boʻladi. T. sufiy avliyolarni ayni shunday zotlar sirasiga kiritadi. "Xatm ulavliyo" baʼzi faqih va hukmdorlarning keskin eʼtiroziga ham sabab boʻlib, oqibatda T. ona shahri Termizdan chiqib ketib, bir qancha muddat Balxda yashagan. Uzok, yillar davomida allomaning yoʻqolib ketgan asarlari sirasiga xato ravishda kiritilgan bu asarni Parij i. t.lar markazi islomiy madaniyat boʻlimining aʼzosi Usmon Ismoil Yahyo 1965 y. Bayrutda nashr etdi. Asar muqaddima va 29 fasldan iborat boʻlib, unda koʻtarilgan masalalar murid va shayx oʻrtasidagi savoljavob tarzida bayon qilinadi. Bu kitob tasavvuf ilmi tarixida valoyat (avliyolik) masalasini 1marta mukammal bir nazariya va ajoyib makrlalar turkumi shaklida ifoda kilgan nodir manba sifatida alohida ahamiyatga ega. U Termiz va Balx atrofida shakllangan tasavvuf ahli uchun maʼnaviy vasiyatnoma yoxud taʼlim dasturi sifatida xizmat qilgan. Ilmfanning turli sohalarida mashhur boʻlgani uchun T.ni zamondoshlari "alHakim" deb ulugʻlashgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Uvatov U., Al-Hakim at-Termiziy (hayoti va merosi), T., 2001; Termiz tazkirasi [tuzuvchi Mirzo Kenjabek], T., 2001.

Ubaydulla Uvatov.