Taloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Illu spleen.jpg

Taloq — odam va umurtqali hayvonlarning qorin boʻshligʻidagi toq parenximatoz organ. Asosiy qon rezervuarlaridan biri (qon "depo"si); qon yaratilishi, moddalar almashinuvida ishtirok etadi; immunobiologik va himoya funksiyasini bajaradi — antitelolar ishlab chiqaradi, bakteriya va toksinlarni tutib qolib, zararsizlantiradi, yashab bitgan eritrotsit va trombotsitlarni yemiradi. Qonning hosil boʻlishi, buzilishi, qayta taqsimlanishida va organizmning himoya reaksiyalarida qatnashadi.

Taloq hamma umurtqali hayvonlarda bor. Toʻgarak ogʻizlilar, baʼzi ikki xil nafas oluvchi baliqlar ichagi, oshqozoni yoki oʻrta ichak shilliq qavat burmalari devorida limfoid toʻqimalar toʻplami boʻlib, bu Taloq vazifasini bajaradi. Qolgan umurtqali hayvonlar talogʻi ichakdan alohida boʻlib, orqa ichaktutgich, oshqozon yoki toʻgʻri ichakning boshlanish qismida joylashadi. Sudralib yuruvchilar (gatteriyalardan tashqari) hamda qushlarda rudimentlashgan. Taloq boʻlak-boʻlak yoki parraksimon boʻladi.

Odamda Taloq embrional hayotning birinchi oyida meʼdaning dorzalb tutqichi ichida toʻplangan mezenxima toʻqimasidan rivojlanadi. Taloq uzunchoq oval shaklli, uz. 12 sm, kengligi 7— 8 sm, ogʻirligi 150—200 g. Lekin Taloqning hajmi va ogʻirligi individual boʻlib, organizmning fiziologik holatiga bogʻliq holda juda oʻzgarib turadi. Mac, tinch xrlatda Taloq kengaygan, qon yoʻqotilganda esa siqiq boʻladi. Bir tomoni qabariq (diafragmal), ikkinchi tomoni botiq (ichki) boʻlib, chap biqinning 9,11 qovurgʻa sohalariga joylashgan. Tashqi tomondan seroz parda va biriktiruvchi toʻqima kapsulasi bilan qoplangan. Kapsuladan Taloq ichiga devorlar yoki trabekulalar tarqaladi. Trabekulalar Taloq ni oq va qizil pulpa bilan toʻla alohida boʻlakchalarga boʻladi. Qizil pulpa qonning shaklli elementlari (eritrotsitlar)ga boy vena sinuslaridan tashkil topgan. Oq pulpa esa limfotsitlar ishlab chiqaradigan limfa toʻqimalaridan tuzilgan; ular malpigi tanachalari deb ataladi. Taloq kasallanganda (mas., splenomegaliya) ancha kattalashadi.