Limfotsitlar

Limfotsitlar (limfa va grekcha: κύτος [kytos] — hujayra) — odam va umurtqali hayvonlar oq qon hujayrasi — leykotsitlarning bir turi (agranulotsitlarga kiradi). Ular ayrisimon bez, limfa tugunlari, taloq va koʻmikda ishlanib chiqadi. Limfotsitlar kichik (4,5—6,5 mkm), oʻrta va yirik diametrli (10—18 mkm) xillarga boʻlinadi. Limfotsitlar amyobasimon harakat-lanish, shuningdek, monotsitlar, makrafaglar, fibroblastlar (fagotsitoz qiladigan yirik hujayralar) va boshqalarga aylanish xususiyatiga ega; u himoya vazifasini bajaradi; antitelolar hosil boʻlishida (plazmatik hujayralarga aylanib) ishtirok etadi, boshqa hujayralarga oziq moddalar yetkazib beradi va h.k. Qonda limfotsitlar sonining kamayishi limfotsitopeniya, koʻpayishi esa limfotsitoz deyiladi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |