Halqum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Halqum — ogʻiz boʻshli-gʻini qiziloʻngach bilan tutashtiruvchi meʼda-ichak yoʻlining oldingi qis-mi; shakli egri naysimon; orqa yuzasiga qarab yassilangan, pastki qis-miga qarab toraygan boʻladi. Yutinish vazifasini bajaradi va nafas olishda ishtirok etadi. H. devorlaridan oʻpka, shuningdek, ayrisimon, qalqonsimon bez, qalqon oldi bezlari rivojlanadi. H.ning uz. 12-14 sm . H. burun va ogʻiz boʻshligʻining davomi boʻlib, pastdan hiqildoq va Yevstaxiy naylari orqali oʻrta quloqdagi nogʻora boʻshligʻi bilan tutashadi. H.ning old devori deyarli yoʻq; H.dan oldin burun, ogʻiz boʻshligʻi va hiqil-doq joylashadi. Shuning uchun H.ning yuqorigi — burun yoki burun-halqum qismi, oʻrta — ogiz qismi va pastki — hiqildoq qismi ajratiladi. Burun-halqum qismi burun va oʻrta quloq boʻshligʻi bilan; ogʻiz qismi tomoq teshigi orqali ogʻiz boʻshligʻi bilan; hiqildoq qismi esa hiqildoq bilan tutashadi. H.ning hiqildoq qismi hiqildoqning orqa tomonida joylashgan, uning oldingi va orqa devorlari faqat ovqat yoki suyuqlikni yutish paytida bir-biridan uzoqlashadi, boshqa vaqtda esa bir-biriga tegib turadi. H. orqa devorining yuqori qismida, oʻrta chiziq boʻylab limfa toʻqimasidan tuzilgan halqum murtagi joylashgan. burun-halqum qismining harakatsiz yon devorlaridan oʻrta quloqqa olib boruvchi eshituv nayi boshlanadi. Shu joyda eshituv nayi teshigi bilan yum-shoq tanglay chodiri oraligʻining oʻng va chap tomonida limfa toʻqimasidan tuzilgan nay murtagi bor. Halqum murtagi, 2 ta nay murtak, 2 ta tanglay va til murtaklar bir-galikda H.ning kirish qismida hal-qaga oʻxshab joylashadi. H. devorining xususiy plastinkasi siyrak biriktiruvchi toʻqimadan iborat boʻlib, juda koʻp elastik tolalar tutadi. Bu plastinka kalla suyagining tashqi asosiga tutashadi, shu sababli, H. burun qismining orqa va yon devorlari birbiriga yaqinlasha olmaydi va havo burundan bevosita H.ning burun qismi orqali hiqildoqqa oʻtadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Halqum" OʻzME. H-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil