Nerv tolalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nerv tolalari — nerv hujayralarining oʻsiqchalari. Markaziy nerv sistemasidan aʼzo va toʻqimalarga hamda aʼzo va toʻqimalardan ularni innervatsiya qiladigan markazga impuls oʻtkazadi. Nerv tolalari nervlar tarkibiga kirib, sezuvchan va harakatlanuvchan nerv oxirlarini hosil qiladi. Nevrologiya hujayralaridan hosil boʻlgan pardalarning tuzilishiga qarab miye-linli va miyelinsiz Nerv tolalari boʻladi. Nerv tolalari pardasi trofik va himoya rolini oʻynaydi, nerv impulyelarini alohida-alohida oʻtkazish uchun sharoit yara-tadi. Nerv qoʻzgʻalishining Nerv tolalari boʻylab tarqalish tezligi tolalarning yoʻgʻon-ingichkaligiga, miyelinli pardaning rivojlanganlik darajasiga, shuningdek, uning mikrostrukturasi va biokimyoviy xususiyatlariga bogʻliq.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil