Chanoq-son boʻgʻimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chanoq-son boʻgʻimi - chanok suyagidagi quymuch kosasi bilan son suyagining boshi birlashishidan paydo boʻladi. Quymuch kosasining qirgʻogʻida chuqurchaning kattalashtirishga moslashgan fibroz togʻay labi bor. Boʻgʻim xaltasi erkin joylashgan boʻlib, son suyagi boshining harakat qilishiga xalaqit bermaydi. Chanoq-son boʻgʻimib. yonboshson, oʻtirgichson, qovson boylamlari bilan mustahkamlanadi. Chanoq-son boʻgʻimib. atrofidagi muskullar boʻgʻim harakatida boylamlarning unchalik taranglanmasligiga imkon yaratadi. Boʻgʻim yongʻoqsimon shaklda boʻlib, frontal oʻqida tanaga yaqinlashibuzoqlashishi, vertikal (tik) oʻqi boʻylab tashqari hamda ichkariga aylanishi va doira shaklida harakat qilishi mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]