Suvyorgan madaniyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Suvyorgan madaniyati - Xorazm vohasining choʻl zonasiga oid jez davri arxeologik madaniyati (mil. av. 2ming yillikning 1-yarmi — 1ming yillik boshlari). Amudaryoning kad. deltasi oʻng tomondagi choʻl ichiga yorib kirgani uchun Suvyorgan nomi bilan atalgan. Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasi (SP. Tolstov, Ya. Gʻulomov, M. A. Itina va boshqalar) tomonidan tadqiq etilgan (194546). Sm. qabilalari, S. P. Tolstovning fikricha, Oʻrta Osiyoning Jan.Gʻarbiy viloyatlaridan Xorazmga kelgan yangi etnik guruh boʻlib, ularning moddiy madaniyati Jan.ning oʻtroq dehqonchilik madaniyatiga oʻxshash boʻlgan. Sm. oʻz taraqqiyotida 3 bosqichni (Qamishli, Bozorqalʼa, K°vunchi) bosib utgan.

Suvyorgan madaniyatiga oid sopol idishlar yaxshi pishirilib, sirti kizilga boʻyalgan, sirtiga toʻq qizil rang gul solingan sopol parchalari, tosh yorgʻuchoklar va dehqonchilik qurollari ham uchraydi. Ammo sopollarning sirti Jan.ning qad. dehqonchilik qabilalarining sopol buyumlaridan farq qilib, asosan, toʻrsimon chizma naqsh va sxematik boshoq tasviri bilan bezatilgan. Bu topilmalar mil. av. 2ming yillikning oʻrtalarida Oʻrta Osiyo qabilalarining yirik koʻchishlaridan dalolat beradi. Jan. va Jan.Sharqiy yoʻnalishlardagi 2yirik koʻchish mil. av. 2ming yillikning oxiri — 1ming yillikning boshlariga toʻgʻri keladi. Bu bosqichda Sm. jamoalari boʻlgan qabilalar ham faol ishtirok etgan. Arxeologik topilmalar ushbu shim. chorvador qabilalarning Oʻzboy, Atrek, Tajan, Murgʻob, Amudaryo va Sirdaryo irmoklari boʻylab harakat qilganliklarini koʻrsatadi. Mil. av. 1ming yillikning boshlariga kelib, Sm. oʻrniga Amirobod madaniyati paydo boʻlgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Tolstov S. P ., Drevniy Xorezm, M., 1948; Kddimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964; Gʻulomov Ya. Gʻ., Xorazmning sugʻorilish tarixi, T., 1959.