Bozorqalʼa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

BozorqalʼaBeruniy shahridan 40 km sharkda, Amudaryoning oʻng sohilidagi shaharqalʼa harobasi (miloddan avvalgi 64-asrlar). S. P. Tolstoyerahbarligidagi Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyam topib oʻrgangan (1938). Shahar toʻgʻri toʻrtburchak tarhli; binolar paxsa va xom gʻishtdan qurilgan, nishon tuynukli (tirkash) va burjli qoʻsh mudofaa devori bilan oʻralgan. Devorlar oraligʻidagi yoʻlakning eni 3 m. Gʻishtlar 40×10 sm hajmda, maxsus tamgʻali boʻlgan. Qalʼa (100×120 m) shaharning sharqiy burchagida joylashgan. B. hududidan turar joy va kulolchilik ustaxonalarining qoldiqlari, sirli sopol idishlar, ogʻzi keng , chambari jimjimador, tagi yassi xum, tosh yorgʻuchoqlar, ostodonlar, qad. Misr xudosi Bes, odam va hayvonlar haykalchalari, zebziynat buyumlari topilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil