Sergey Pavlovich Tolstov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Sergej P. Tolstov (1951)

Sergey Pavlovich Tolstov (1907.25.1, Peterburg 1976.28.12, Moskva) — arxeolog va etnograf. Oʻrta Osiyo va Sharq mamlakatlari tarixi, etnografiya va arxeologiyasi boʻyicha mutaxassis, professor SSSR Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1953), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining faxriy akademik (1956).

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi. Tojikiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarida xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Moskva universitetini tugatgan (1930), SSSR xalklari muzeyida ilmiy xodim (1929—36). Moskva universiteti tarix fakultetining etn. kafedrasi mudiri (1939—51). SSSR Fanlar akademiyasi Etnografiya instituti direktori (1942—66), koʻp jildli "Jahon xalqlari" ("Narodi mira") kitobi mualliflaridan biri va muharriri. Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasittg tashkilotchisi va rahbari (1937—69). Oʻrta Osiyo xalqlari arxeologiyasi, ibtidoiy, qad. va oʻrta asr din tarixi, ijtimoiy tuzumi, etnogenezi boʻyicha ZOOdan koʻproq ilmiy ish muallifi. T. antropologiya va etn. fanlari Xalqaro ittifoqining vitseprezidenti, Buyuk Britaniya Qirolligi antropologiya instituti va boshqa koʻpgina chet el ilmiy tashkilotlari faxriy aʼzosi.

Manbalar[tahrir]

  • Oʻzbekistonning qadimgi madaniyati, T., 1944; Drevniy Xorezm. Opoʻt istorikoarxeologicheskogo issledovaniya, M., 1948; Po sledam drevnexorezmiyskoy sivilizatsii, M — L., 1948; Po drevnim deltam Oksa i Yaksarta, M., 1962; Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964.