Sakkiz yoqli maqbara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sakkiz yoqli maqbara - Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (15-asr). Shohizinda ansambli tarkibida. Samarqand meʼmorligiga xos boʻlmagan (ozarbayjonlik meʼmor qurgan deb taxmin qilinadi) uslubda, 8 ravoqli (nomi ham shundan), tomonlari ochiq qilib qurilgan. Tashqi qirralari sopol gʻishtchalar bilan qoplangan. Ravoq tepasidagi qanoslari yorqin lojuvard rangda terma koshinlar bilan bezatilgan. Gumbazi (diametri — 6,3 m) qayta tiklangan. Ichki bezagida qizil, koʻk va oq rangdagi naqshlar qoʻllanilgan.

Maqbaraninng tagida 4 ta aslzoda ayol kishining sag‘anasi bor. Undagi sakkiz ochiq eshiklar, musulmonlar tasavuridagi jannatning eshiklarini eslatadi, chunki payg‘ambar Muhammad (S.A.V.) ning hadislari e’tiborga molikdir, ya’ni «jannat onalar oyog‘i ostidadir». Uning ichki qismida, sodda naqshlar solingan. Chiroyli nusxalar ichida, muqaddas Qur’ondan maxsus suralar bitilgan. 1963 yilda sakkiz yoqli maqbaraning shimolidan ikkita maqbara qoldiqlari ochildi. Undan daxma devor qoldiqlari va o‘ymakor uslubda ishlangan qabr usti toshlari qolgan.



Manbalar[tahrir]