Said Mahruyjon majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Said mahruyjon majmuasiXivadagi meʼmoriy yodgorlik (1884). Said Muhammad Maxruyjon maqbarasi atrofida barpo etilgan Madrasa, qorixona, maqbara va boshqalardan iborat majmua. Said Maxruyjon madrasasi (40,0x53,0 m)ga gʻarbdan 2 kichik Madrasa (Kichik Mahruyjon); qorixona va Kichik Mahruyjon maqbarasi (11,0x14,1 m) tutash. Katta hovliga jandan 3 gumbazli miyonsaroy orqali kiriladi. Madrasa burchaklaridagi anʼanaviy darsxona va masjid oʻrniga hujra va qoʻshimcha xonalar joylashgan. Hujralar oldi ravokli. Madrasaning shim.da xrvli ichkarisiga Said Maxruyjon maqbarasi qurilgan. Undagi Muhammad Rahim II va Temurgʻozi toʻra sagʻanalarini usta B.Voisov koshin bilan serhasham bezagan Majmuaning jan.sharqida, ichki xrvli atrofida olti gumbazli masjid, darvozaxona, ziyoratxona, maqbara va hujralar joylashgan. Masjid va maqbara (36,0x35,0 m) chorsi gumbazli, hujralar balxi gumbazli. Majmuaning gʻarbida 2 katta va 3 kichik xona mavjud.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil