John Nash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
John Forbes Nash Jr.

John Nash (2000-yil)
Tavalludi 13-iyun 1928-yil
Bluefield, West Virginia, AQSh
Vafoti 23-may 2015-yil(2015-05-23)
(86 yoshda)
Monroe Township, Middlesex County, New Jersey, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Sohasi
Ish joylari
Taʼlimi
Akademik rahbarlari Albert Tucker
Mashhur ishlari
Mukofotlari

John Nash (talaffuzi: Jon Nesh) (1928-yil 13-iyun — 2015-yil 23-may) — amerikalik iqtisodchi. Oʻyin nazariyasi, muvozanat nazariyasi, differensial geometriya hamda qisman differensial tenglamalar sohalariga salmoqli hissa qoʻshgan[1]. 1994-yil Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti[2] (John Harsanyi va Reinhard Selten bilan birga), 2015-yil esa Abel mukofoti (Louis Nirenberg bilan bir qatorda) bilan taqdirlangan[3].

Nash 1951—1959-yillarda Massachusets texnologiya institutida professor, 1959-yildan esa Prinston universitetida matematika fakulteti professori oʻlaroq ishladi. Nash umumiy oʻyin nazariyasiga nokooperativ oʻyinlar konsepsiyasini kiritdi. Bu konsepsiya raqobat, oligopoliya, sanoatni tashkil etish nazariyasi, shuningdek, iqtisodiy siyosatni tahlil qilishning makroiqtisodiy nazariyasida keng qoʻllaniladi.

1959-yil Nashda ruhiy kasallik alomatlari paydo boʻla boshladi va bir necha yil shizofreniyadan davolanadi. 1970-yildan keyin uning ahvoli asta-sekin yaxshilana boshladi va olim 1980-yillar oʻrtasida akademik hayotga qaytdi. Nashning ruhiy kasallik bilan kurashi haqida oʻzbek yozuvchisi Sylvia Nazar „A Beautiful Mind“ („Goʻzal idrok“) romanini yozdi. Roman asosida 2001-yil shu nomli badiiy film („Tafakkur oʻyinlari“) suratga olindi[4][5][6]. Nash 2015-yil turmush oʻrtogʻi Alicia Nash bilan 86 yoshida avtomobil halokatida vafot etdi[7][8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]