Kontent qismiga oʻtish

STEAM taʼlimi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(STEAM sohalardan yoʻnaltirildi)

STEAM taʼlimi – bu STEM fanlarini (yaʼni, fan, texnologiya, muhandislik va matematika) oʻqitishning badiiy koʻnikmalar, jumladan, ijodiy fikrlash va dizaynni ham oʻz ichiga oluvchi yondashuvidir[1][2]. STEAM atamasi „STEM“ soʻzining qisqartmasiga sanʼatni anglatadigan „A“ (Art) harfi qoʻshilishi orqali hosil qilingan.

STEAM dasturlarining maqsadi – oʻquvchilarga innovatsion fikrlashni, tanqidiy mulohaza yuritishni, real hayotdagi muammolarga muhandislik yoki texnologiyalardan ijodiy yondashuvda foydalanishni oʻrgatishdan iborat. Bunda oʻquvchilarning matematika va tabiiy fanlarga oid bilimlariga tayangan holda, ularni amaliyotda qoʻllashga urgʻu beriladi.

STEM taʼlimi esa – bu fan (Science), texnologiya (Technology), muhandislik (Engineering) va matematika (Mathematics) fanlariga integratsiyalashgan va oʻzaro bogʻliq tarzda yondashishni nazarda tutadi. Keyinchalik bu tizimga sanʼat (Art) va oʻqish (Reading) elementlari qoʻshilib, u kengaytirilgan holda STEAM taʼlimi deb yuritila boshlandi[3][4][5].

  1. „STEAM Rising: Why we need to put the arts into STEM education education“. Slate. Qaraldi: 2016-11-10.
  2. Jolly, Anne (18 November 2014). "STEM vs. STEAM: Do the Arts Belong?". Teacher (Education Week: Teacher). http://www.edweek.org/tm/articles/2014/11/18/ctq-jolly-stem-vs-steam.html. Qaraldi: 6 September 2016. STEAM taʼlimi]]
  3. Pomeroy, Steven Ross „From STEM to STEAM: Science and Art Go Hand-in-Hand“. blogs.scientificamerican.com. Scientific American. Qaraldi: 2016-yil 17-noyabr.
  4. Jones, Elena „STEM Vs STEAM: Making Room For The Arts“ (en-US). Spiral Toys (2022-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 2-may.
  5. Eger, John „National Science Foundation Slowly Turning STEM to STEAM“. www.huffingtonpost.com. Huffington Post (2011-yil 31-may). Qaraldi: 2016-yil 17-noyabr.