Guarani tili
Qiyofa
| Guarani tili | |
|---|---|
|
| |
| Milliy nomi | Avañe'ẽ, Guaraní |
| Mamlakatlar | Paragvay, Argentina, Braziliya, Boliviya |
| Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 4.800.000 (1995) |
| Turkumlanishi | |
| Til oilasi | Indeys tillari |
| Alifbosi | lotin |
| Til kodlari | |
| ISO 639-1 | gn |
| ISO 639-2 | grn |
| ISO 639-3 | gug |
Guarani tili - Janubiy Amerika indeyslari tili. Tupi-guarani tillari oilasiga mansub. Guarani tili Paragvay va Braziliyaning Matu-Grosu va Parana viloyatlari hududlarida hamda Argentina (Misones, Gran-Chako, Korriyentes, Formosa)da tarqalgan. Guarani tili leksikaning 30 — 40% ini ispan tilidan oʻzlashgan soʻzlar tashkil etadi. Boliviyadagi indeyslarning tili ham Guarani tili nomi bilan ataladi (11 ming kishi soʻzlashadi). Paragvayda garchi ispan tili rasmiy til boʻlsada, aholining 90%i (3 mln. kishi) Guarani tilida soʻzlashadi. Bu tilda gazetalar, kitoblar nashr etiladi, radioeshittirishlar beriladi. Maktab taʼlimida ham qoʻllanadi. Yozuvi lotin alifbosiga asoslangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Jahon tillaridan biri haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |