Abdulla Qodiriy koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Abdulla Qodiriy koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Uzunligi 6900 m

Koordinatalari: 41°19′20″N 69°16′21″E / 41.32222°N 69.27250°E / 41.32222; 69.27250 G O


Abdulla Qodiriy koʻchasiOʻzbekiston Respublikasining poytaxti Toshkent shahrining Yashnobod, Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod va Shayxontohur tumanida joylashgan koʻchalardan biridir. Abdulla Qodiriy koʻchasi Nukus koʻchasidan boshlanib Zarqaynar koʻchasida yakunlanadi.

Tarixi va nomi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻchaning nomi oʻzbek shoiri Abdulla Qodiriy nomi bilan nomlangan.

13-may 2017-yili Toshkentda Abdulla Qodiriy koʻchasida ayollar velopoygasi boʻlib oʻtdi[1].

22-yanvar 2021-yili Toshkentning bir nechta koʻchalarida avtobus, yoʻnalishli taksi, tez tibbiy yordam, oʻt oʻchiruvchi mashinalar harakati uchun alohida ajratilgan yoʻlaklar tashkil etilishi rejalashtirilgan edi. Shu jumladan Abdulla Qodiriy koʻchasidan ham oʻtilishi kerak edi[2].

25-may 2021-yili poytaxtdagi Humo Arena muz saroyi yonida «Moʻynoqqa madad» xayriya velomarofoniga start berildi. Shu munosabat bilan xayriya velomarafonini oʻtkazish doirasida ishtirokchilarning harakatlanish yoʻli boʻylab koʻchalarning bir qismi vaqtincha yopildi. Shu jumladan Abdulla Qodiriy koʻchasi ham[3]. Mazkur xayriya tadbirdan tushgan mablagʻlar Orolboʻyi hududida yashayotgan aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga, jumladan, Moʻynoq tumani Ali ovul qishlogʻini obod qilish, sugʻorish-irrigatsiya tizimlarini yaxshilash, toza ichimlik suvi tarmogʻini oʻtkazish, yangi ish oʻrinlari yaratish va aholining boshqa muammolarini hal etishga yoʻnaltirildi.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulla Qodiriy koʻchasi Nukus koʻchasidan boshlanadi, shningdek koʻchani boshida Fargʻona yoʻli va Istiqbol koʻchasi joylashgan. Abdulla Qodiriy koʻchasi Zarqaynar koʻchasida yakunlanadi. Abdulla Qodiriy koʻchasidan Mahtumquli koʻchasi, Movarounnahr koʻchasi, Mustaqillik shoh koʻchasi, Qori Niyoziy koʻchasi, Amir Temur shoh koʻchasi, Sharof Rashidov koʻchasi, Labzak koʻchasi, Abay koʻchasi, Sebzor koʻchasi va Qorasaroy koʻchasi kesishadilar.

Mashhur binolar va inshootlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulla Qodiriy koʻchasida koʻplab binolar va inshootlar joylashgan. Koʻcha eng taniqlilaridan biri hisoblanadi va Toshkent shahrining markazida joylashgani sababli koʻchada koʻplab maʼmuriy, taniqli inshootlar mavjud. Shuningdek koʻcha Yangi va Eski Toshkentdan oʻtadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „13-may kuni Toshkentda ayollar velopoygasi boʻlib oʻtadi“. Gazeta.uz. Qaraldi: 10-iyun 2022-yil.
  2. „Toshkentda avtobus va maxsus transport uchun alohida yoʻlaklar tashkil etiladi“. Gazeta.uz. Qaraldi: 10-iyun 2022-yil.
  3. „25-may kuni velomarafon sabab Toshkentning ayrim koʻchalari yopiladi“. Gazeta.uz. Qaraldi: 10-iyun 2022-yil.