Norboʻtabiy madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Stamps of Uzbekistan, 2007-16.jpg

Norboʻtabiy madrasasi - Qoʻqondagi meʼmoriy yodgorlik (18-asr oxiri). Qoʻqon xoni Norboʻtabiy xukmronligi davrida qurilgan. Xalq orasida Madrasai Mir nomi bilan ham yuritiladi. Norboʻtabiy madrasasi chorsu maydoni yaqinida qurilgan. Bir qavatli, hovlili, toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (52x72 m), 4 burchagiga minora-guldastalar ishlangan. Hovli (38x38 m) atrofiga qator ravoqli xujralar joylashgan. Peshtogʻi shim.ga qaragan. Miyonsaroyning 2 ta-rafida peshtoq boʻylab tutashgan gum-bazli masjid va 12 ta derazali (panja-ralar oʻrnatilgan) darsxona mavjud. Norboʻtabiy madrasasi pishiq gʻishtdan qurilgan. Xonalar ichi ganchsuvoq qilingan. Masjidning gumbaz osti sharafasi va mexrobining yulduzsimon bezaklari serhasham koʻrinadi. Eshiklari girih naqshlar bilan bezatilgan, ichki qismida esa oʻymakori islimiy naqsh qoʻllanilgan. Norboʻtabiy madrasasining tashqi koʻrinishi Buxoro meʼmorlik maktabi uslubiga xosdir.

Ad.:Azimov I., Fargʻona vodiysining arxitektura yodgorliklari, T., 1986.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil