Nyu-meksiko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(New Mexicodan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Nyu-meksiko - AQShning jangʻarbiy qismidagi shtat. Meksika bilan chegaradosh. Maydoni 314,9 ming km². Aholisi 1,85 mln. kishi (2002), 73% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Albukerke shahri Shtatning markazi Kr-yali togʻlar (eng baland joyi 4000 m), gʻarbi Kolorodo platosi, jan.-sharqi LyanoEstakado platosi bilan band. Iklimi subtropik, quruq iklim. Oʻrtacha temperatura iyulda 23°, yanvarda G. Yillik yogʻin 250–500 mm. Eng katta daryosi — Rio-Grande.

N.-M. AQShning aholisi siyrak shtatlaridan. Uran rudasi qazib chiqarishda yetakchi oʻrinda. Kaliy tuzlari, neft, tabiiy gaz, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, oltin, kumush, vanadiy konlari bor. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: rangli metallurgiya, oziq-ovqat, neftni qayta ishlash. Atom energiyasini oʻrganish markazlari bor. Nyu-meksikoda yaylov chorvachiligi asosiy oʻrin tutadi. N.-M. hududini 16-asrda ispanlar bosib olgan. 1821 yilda Meksika tarkibiga qoʻshilgan. 1848 yildan AQSH bosib olgan. 1912 yildan AQShning 47-shtati.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil