Nalchik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nalchik (1921 yildan) - Kabarda-Balkariya poytaxti. Katta Kavkazning shim. etaklarida, Nalchik daryosi boʻyida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 235,7 ming kishi (1998). N. Kabarda-Balkariya sanoat mahsulotining 50%ini beradi. Mashinasozlik ("Sevkavelektrod", "Telemexanika" korxonalari, elektrovakuum, yarim-oʻtkazgichli priborlar, stanok-sozlik va boshqa zavodlari), rangli metallsozlik, kimyo oziq-ovqat, yengil sanoatlari rivojlangan. Baland togʻ geofizika ilmiy tadqiqot instituti, 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, KabardaBalkariya universiteti), 2 teatr, oʻlkashunoslik, tasviriy sanʼat muzeylari, filarmoniya faoliyat koʻrsatadi. Balneologik va togʻiqlimiy kurorti bor (N.dan 3 km narida, Dolinskda 500–550 m balandlikda joylashgan). N. Shimoliy Kavkazdagi turizm va alpinizm markazlaridan biri. N. 1817— 18 yillarda ruslarning harbiy istehko-mi sifatida vujudga kelgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil