Xudoyberdi Toʻxtaboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xudoyberdi Toʻxtaboyev
Xudoyberdi Toʻxtaboyev.jpg
Tavallud sanasi: 17-dekabr 1932-yil (1932-12-17) (89 yosh)
Vafot sanasi:21-mart 2021-yil(2021-03-21)
(88 yoshda)[1]
Kasb: Yozuvchi
Yoʻnalish:Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (medali).jpg Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.jpg Fidokorona khizmatlari uchun rib.png
Janr:Sarguzasht, tarixiy asarlar
Magnum opus:„Sariq devni minib“, „Mungli ko'zlar“

Xudoyberdi Toʻxtaboyev (1932-yil 17-dekabr, Oʻzbekiston tumani — 2021-yil 21-mart[1]) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1991). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1982). Qoʻqon pedagogika bilim yurtini (1949), Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1955). Oʻrta maktabda oʻqituvchi va direktor (1955— 58), „Toshkent haqiqati“ gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1958— 1962), „Sovet Oʻzbekistoni“ (1962—1970) gazetasida, „Guliston“ jurnalida (1970—1972), „Yosh gvardiya“ nashriyotida (1972) boʻlim mudiri va bosh muharrir oʻrinbosari (1974— 1976), „Gulxan“, „Yosh kuch“ jurnallarida bosh muharrir (1977- 1980), „Oltin meros“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi (1980—1998). Dastlab jurnalist sifatida tanilgan, felyetonlar yozgan. Badiiy ijod bn XX asr 50-yillarida shugʻullana boshlagan. Ilk hikoyalar toʻplami — „Shoshqaloq“ (1961). „Felyetondan keyin“ (1962), „Sir ochildi“ (1963), „Sehrli qalpoqcha“ (1964) singari qissalari, „Muhabbat qoʻshigʻi“ (1967), „Jonginam, shartingni ayt“ (1969), „Konizar yulduzlari“ (1978), „Omonboy bilan Davronboy sarguzashti“ (1974) va boshqa asarlar muallifi. „Sariq devni minib“ romani (1968) yozuvchiga katta shuhrat keltirgan. Shundan keyin „Sariq devning oʻlimi“ (1973), „Besh bolali yigitcha“ (1976), „Qasoskorning oltin boshi“ (1981), „Yillar va yoʻllar“ (1983), „Shirin qovunlar mamlakati“ (1986), „Mungli koʻzlar“ (1988), „Jannati odamlar“ (1996) romanlari nashr etildi. Xudoyberdi Toʻxtaboyev asarlari yumorga boyligi, bolalar hayoti, ularning oʻziga xos tabiati, xususiyatlari, ruhiy kechinmalari nihoyatda jonli, qiziqarli va bolalarbop yoʻsinda mahorat bilan tasvirlanishi jihatidan ajralib turadi. Xudoyberdi Toʻxtaboyev oʻzbek bolalar adabiyotini jahon miqyosiga olib chiqqan ijodkorlardan biridir. Asarlari dunyoning koʻpgina tillariga tarjima qilingan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).

Oʻzbek bolalar yozuvchisi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyev 2021-yil 21-mart kuni 88 yoshda vafot etdi[1]. Shavkat Mirziyoyev yozuvchining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]