Ibrohim Rahim
Rahimov Ibrohim Abdurahimovich | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
15-oktabr 1916-yil |
Vafoti |
22-noyabr 2001-yil (85 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Ibrohim Rahim (taxallusi, toʻliq ism-sharifi Rahimov Ibrohim Abdurahimovich) (1916.15.10, Fargʻona viloyati Quva tumani — 2001.22.11, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1976), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1966). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Respublika radiosida siyosiy eshittirishlar boʻlimi bosh muharriri (1946—1947), „Qizil Oʻzbekiston“ gazetada boʻlim mudiri (1950), muharrir (1950—1961), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi boshqaruvi raisi (1957—1963). „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi direktori (1962-1966), Oʻzbekiston Davlat Kinematofafiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari (1963-1964). „Guliston“ (1966—1969), „Mushtum“ (1971 — 1984) jurnallarida bosh muharrir.
Ilk dostoni — „Bahodir“ (1939) chegarachilar hayotidan yozilgan. „Sen tugʻilgan kun“ (1967), „Mangulik qoʻshigʻi“ (1970) qissalarida, „Fidoyilar“ (1972), „General Ravshanov“ (1985) romanlarida Ikkinchi jahon urushi qahramonlarining hayotini, oʻzbek xalqining urush yillaridagi mehnat jasoratini aks ettirgan. „Ixlos“ (1958), „Taqdir“ (1964), „Tinimsiz shahar“ (1968), „Oqibat“ (1992) kabi romanlari yangi yerlarni oʻzlashtirish, yoshlar oʻrtasidagi doʻstlik va muhabbat, Toshkent zilzilasida oʻzbek xalqining sabrmatonati hamda qahramonliklariga bagʻishlagan.
Ibrohim Rahimning mustaqillik yillarida yozgan qissa, hikoya va ocherklari „Qurboningman“ (1996), „Hayotni asrang, odamlar“ (1997) kitoblariga jamlangan. „Jonim fido“ va „Chaqmoq“ dramalari (1974), „Zangori olov kishilari“ (1961), „Qalbingda quyosh“ (1963), „Farhodning jasorati“ (1969), „Ahmad Fargʻoniy“ (2000) kinossenariylari muallifi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). „Doʻstlik“ (1996), „El-yurt hurmati“ (1998) ordenlari bilan mukofotlangan.[1][2][3][4]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ arxiv nusxasi, archived from the original on 2018-01-21, https://web.archive.org/web/20180121084932/http://taqvim.uz/uz/event/view/1215, qaraldi: 2016-04-01Ibrohim Rahim]]
- ↑ http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=91.30
- ↑ arxiv nusxasi, archived from the original on 2017-07-21, https://web.archive.org/web/20170721134855/http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/ibrohim_rahim, qaraldi: 2016-04-01Ibrohim Rahim]]
![]() |
![]() |
- 15-oktabrda tugʻilganlar
- 1916-yilda tugʻilganlar
- Kishilar
- Fargʻonada tugʻilganlar
- 22-noyabrda vafot etganlar
- 2001-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Jasorat medali sohiblari
- Shuhrat medali sohiblari
- Vatan urushi 2-darajali ordeni sohiblari
- Vatan urushi ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- Jangovar xizmatlari uchun medali sohiblari
- Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan taʻsis etilgan medal sohiblari
- „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 40 yilligi medali sohiblari
- Oʻzbekiston xalq yozuvchilari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari
- Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari
- Adiblar haqidagi chala maqolalar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar