Pamflet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pamflet (ing . pamphlet — qoʻldagi bir varaq) — biror siyosiy tuzum, ijtimoiy voqelik, u yoki bu toʻda hamda guruxlar faoliyatini, xatti-harakatlarini fosh qiluvchi hajviy-tanqidiy publitsistik asar. P. boshqa hajviy janrlardan badiiy toʻqimaning ozligi, aniq hujjatlarga, tarixiy hujjatlarga asoslanishi bilan farq qiladi. P.da jamiyatdagi, turli shaxslar xa-rakteridagi nuqsonlar achchiq kinoya, oʻtkir sarkazm vositalari bilan fosh etiladi. P.ning ilk namunalari antik davrda yaratilgan. P.lar koʻpincha kichik xajmdagi asarlar (maqola, ocherk va boshqa tarzda) boʻlgan. Keyinchalik katta hajmdagi badiiy asarlar ham P. usulida yaratildi (J. Svift "Gulliverning sayohatlari" romani, B. Brexptnng "Mister Uining martabasi" pyesasi va boshqalar). P. janr sifatida Reformatsiya davrida shakllandi (M.Lyuter, Erazm Rotterdamskiy). 19—20-asrlarda V. Gyugo, E. Zolya, G. Mann, L. N. Tolstoy va boshqa P.lari keng tarqaldi. Uzbek adabiyotida Abdulla Qodiriy ("Lahmi kadid", "Sa-namparast tentaklar"), Gʻafur Gʻulom ("Sharaf qoʻlyozmasi"), Abdulla Qahhor ("Baron Fon Ring") P.lari maʼlum.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil