Komil Aliyev
Komil Maʼrufovich Aliyev (1905.25.7-1939.10.9) — jurnalist, oʻzbek matbuotida feletonchilik asoschila-ridan biri. Faoliyatini „Turkiston“ („Qizil Oʻzbekiston“) gazetada (1924-yildan) boshlab, turli vazifalarni (muxbir, boʻlim mudiri, mas’ul kotib) bajargan. 1925—27 yillarda „Ozod Buxoro“, 1936—37 yillarda „Ilgʻor Surxon uchun“ viloyat gaz.larida ishlagan. Aliyev asosan feleton-chilik bilan shugʻullangan. U feletonlarini „Kakra“, „Nor yigit“ taxalluslari bilan yozgan. Feleton, tanqidiy maqola va reportajlardan iborat „Bomba“ va „Davr dushmanlari“ (1932) toʻplamlari chop etilgan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |