Husan Sodiqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Husan Sodiqov

Husan Sodiqov 2022-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 2-may 1968-yil (1968-05-02) (55 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Guruh Bolalar
Janr Rok, pop
Amplua Qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, gitarachi,
Faoliyat yillari 1989-bugun

Husan Sodiqov (1968-yil 2-mayda[1] Toshkentda tuʻgilgan) — oʻzbekistonlik xonanda, qoʻshiqnavis, gitarachi va shoir. „Bolalar“ guruhining aʼzosi. Guruh solisti Tohir Sodiqovning akasi. Sodiqov „Bolalar“ guruhi ijro etgan koʻplab taniqli qoʻshiqni, jumladan, „Esingdami seni?“ hamda „Oyijon“ qoʻshiqlarini yozgan. Nafaqat „Bolalar“ guruhi, balki boshqa koʻplab xonanda, jumladan, Ravshan Sobirov, Rayhon, Shahzoda, DJ Piligrim, Yodgor Mirzajonov, Jahongir Poziljonov va boshqa oʻnlab xonanda ijro etgan 200 dan oshiq qoʻshiqni yozgan. Xususan, Sodiqov Ravshan Sobirov va Setora guruhi ijrosidagi va keng tanilgan „Xayr, maktabim“ qoʻshigʻi muallifi[2].

Sodiqov „Bolalar“ guruhidagi faoliyatidan tashqari solo karyera ham yuritib keladi. Xususan, uning ijrosidagi „Baxtli ertak“ qoʻshigʻi tanilgan. Sodiqov 2020-yil oʻz YouTube kanaliga asos solgan boʻlib, kanalda „Bolalar“ va 1990-yillarda shuhrat qozongan boshqa sanʼatkorlar va musiqiy guruhlar ijodi aks etgan videolar joylashtirib kelinadi. Sodiqovning oʻgʻli Javohir Sodiqov ham xonandadir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]