Abdulla Oripov
Abdulla Oripov | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
21-mart 1941-yil Qashqadaryo, Koson tumani, Nekoʻz qishlogʻi |
Vafoti |
5-noyabr 2016-yil (75 yoshda) Xyuston, Texas, AQSh |
Fuqaroligi |
SSSR Oʻzbekiston |
Sohasi | sheʼriyat |
Alma mater | Toshkent davlat universiteti, (hozirgi OʻzMU) „Oʻzbek filologiyasi“ fakulteti |
Akademik rahbarlari | Abdulla Qahhor, Oybek |
Mashhur ishlari | Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi muallifi |
Mashhur sovrinlari |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Abdulla Oripov — ardoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. Zamonaviy oʻzbek sheʼriyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy oʻziga xos betakror kuylagan taniqli ijodkor. Oripov hozirgi oʻzbek sheʼriyatiga yangicha badiiy tafakkur yoʻsinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Choʻlpon, Gʻafur Gʻulom singari ijodkorlar badiiy anʼanalarining davomchisi hisoblanadi. Shoir Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sheʼri muallifidir.
Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida Qashqadaryo] viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Qishloq Qoʻngʻirtov etagiga oʻrnashgan boʻlib, oqar suv taqchil boʻlsa-da, seryomgʻir kelgan yillarda koʻkat-u maysalarga koʻmilib qoladigan kengish joy edi. Bu haqida shoirning oʻzi shunday yozadi:
"Ayniqsa, bahor paytlarida bu yerlarga yogʻin koʻp tushar, Qoʻngʻirtov etaklari ming xil oʻt-oʻlan, chuchmoma-yu qizgʻaldoqlar bilan, quyontoʻpigʻ-u ismaloq bilan, karrag-u hazorisfand bilan, qoʻzigullar bilan qoplanar, tevarak-atrof jannatiy bir manzara kasb etardi. Sel suvlari toʻplanib qolgan kichik-kichik koʻ llarni „qoq“ deyishardi. Uning toza suvini odamlar tashib ichishar, bola-baqra chuchmomay-u ismaloq, zamburugʻ terib, Qoʻngʻirtov etaklarida kunlarini kech qilar edi"
Ana shunday goʻzal maskanda tugʻilib oʻsgan Abdulla Oripovning otasi Orifboy Ubaydulla oʻgʻli ishbilarmon dehqonlardan boʻlib, jamoa xoʻjaligi raisi edi. Onasi Turdixol momo koʻpchilik oʻzbek ayollari singari sarishta, mehnatkash, mehribon, gʻoyat taʼsirchan va ezgulikka tashna ayol boʻlgan. Oilada toʻrt oʻgʻil, toʻrt qiz boʻlib, Abdulla oʻgʻillarning kenjasi edi.
Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Birinchi marta respublika matbuotida „Qushcha“ deb atalgan sheʼri chiqqan paytda Abdulla Oripov talaba edi. Shoirning birinchi [sheʼrlar toʻplami] „Mitti yulduz“ esa 1965-yilda chop etilgan. Undan keyin „Koʻzlarim yoʻlingda“ (1967), „Onajon“ (1969), „Ruhim“ (1971), „[Oʻzbekiston]“, „Qasida“ (1972), „Xotirot“ (1974), „Yurtim shamoli“ (1974), „Jannatga yoʻl“ (1978), „Hayrat“ (1979), „Hakim va ajal“ (1980), „Najot qalʼasi“ (1981), „Yillar armoni“ (1983), „Haj daftari“ (1992), „Saylanma“ (1996), "Sohibqiron (sheriy drama) " (1996), toʻrt tomlik „Tanlangan asarlar“ (2000-2001) singari qator kitoblari bosilib chiqdi. Abdulla Oripov xalqimizni dunyo adabiyotining sara namunalari bilan tanishtirish borasida ham talay ishlarni amalga oshirgan. U Dantening (rus.)"Ilohiy komediya" asarini, L.Ukrainka, T.Shevchenko, N.Nekrasov, Q.Quliev, R.Hamzatov singari shoirlarning sheʼrlarini mahorat bilan oʻzbekchaga oʻgirgan. Abdulla Oripov sheʼrlarida falsafiy teranlik joʻshqin lirizm va insoniy samimiyat bilan uygʻunlashib ketgan. Uning „Bahor“, „Birinchi muhabbatim“, „Kuz“, „Saraton“, „Oʻzbekiston“, „Munojotni tinglab“, „Otello“, „Sarob“, „Dengizga“, „Malomat toshlari“, „Olomonga“, „Yuzma-yuz“, „Genetika“, „Chuvaladi oʻylarim sensiz“ va boshqa qator sheʼrlarida mana shu xususiyat yaqqol seziladi. Oʻzbekiston Respublikasining madhiyasi Abdulla Oripov soʻzi bilan aytiladi. Abdulla Oripov ijodkorlar orasida birinchi boʻlib, 1998-yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“ degan yuksak unvonga sazovor boʻldi. U I va II chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Sharafiddinov O. Sheʼriyat — qalb yolqini. „Hayot bilan hamnafas“ kitobida. Toshkent. Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1984.
- Karimov N. va boshqalar. 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. -T.: „Oʻqituvchi“, 1999.
- Qoʻshjonov M., Suvon M.. Abdulla Oripov. Toshkent: „Maʼnaviyat“, 2000.
- 21-martda tugʻilganlar
- 1941-yilda tugʻilganlar
- Kishilar
- Qashqadaryoda tugʻilganlar
- 5-noyabrda vafot etganlar
- 2016-yilda vafot etganlar
- Xyustonda vafot etganlar
- Oʻzbekiston qahramonlari
- Oʻzbekiston xalq shoirlari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Italiya yulduzi ordeni sohiblari
- Olimlar
- Oʻzbekiston shoir va yozuvchilari