Neʼmat Aminov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Neʼmat Aminov
Tugʻilishi 17-iyul 1937-yil(1937-07-17)
Vafoti 18-oktabr 2005-yil(2005-10-18)
(68 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (medali).jpgFidokorona khizmatlari uchun rib.pngMehnat shuhrati ordeni

Neʼmat Aminov (1937.17.7, Buxoro viloyati, Romitan tumani – 2005) — hajvchi yozuvchi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992). Buxoro pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tamomlagan (1959). Viloyat radioeshittirish qoʻmitasida muharrir va bosh muharrir (1961-1973), „Mushtum“ jurnalida masʼul kotib, bosh muharrir (1973—1995), „Sharq yulduzi“ jurnali bosh muharrir oʻrinbosari (1989—1991), respublika „Maʼnaviyat va maʼrifat“ jamoatchilik markazi rahbari (1995–1999).

Birinchi hajviy hikoyalar toʻplami – „Ikki pullik obroʻ“ 1966-yilda nashr etilgan. Soʻng „Qirq uchinchi pochcha“ (1970), „Labihovuz xandalari“ (1973), „Chinorlar qoʻshigʻi“ (1984), „Yelkasiz polvon“ (1986), „Oʻgʻri mushukcha“ (1987), „Qahqaha“ (1987), „Yallama-yorim“ (1988), „Cholbolaning ertaklari“ (1990) va boshqa hajviy toʻplamlari eʼlon qilingan. 1976—1983-yillarda „Yelvizak“ va „Suvarak“ qissalari asosida „Yolgʻonchi farishtalar yoxud yelvizakfeʼl va suvarakmijoz Bashirjon Zaynishev hayotidan“ hajviy romanini yaratdi.

Uning hajvchilik ijodi adabiyotda oʻziga xos milliy boʻyoqlarga boyligi bilan ajralib turadi. Uning ijodiga xos xalqchillik „Bir asr hikoyati“ (1996) asarida namoyon boʻldi. N. Aminov otasidan eshitgan voqealar va hikmatlar silsilasi asosida donishmand Sharq kishisining ajoyib obrazini yaratdi. N. Aminov asarlari bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan. „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan (1999).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]