Gʻafur Gʻulom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻafur Gʻulom
Гафур Гулям (портрет).jpg
Tavallud sanasi: 10-may 1903-yil
Vafot sanasi:10-iyun 1966-yil(1966-06-10)
(63 yoshda)
Kasb: yozuvchi va shoir
Magnum opus:„Shum bola“ (1936-1962), „Yodgor“ (1936), „Mening oʻgʻrigina bolam“ (1965)
Mukofot:Oʻzbekiston xalq shoiri (medali).jpgUzbek orden rib.pngOrder of Lenin ribbon bar.pngOrderredbannerlabor rib.pngOrder badge of honor rib.png

Gʻafur Gʻulom (1903-yil 10-may — 1966-yil 10-iyun) — oʻzbek yozuvchisi va shoiri. 1903-yilning 10-mayida Toshkent shahrining Qoʻrgʻontegi mahallasida tugʻilgan. Toʻqqiz yoshida otasidan, oʻn besh yoshida onasidan yetim qolgan Gʻafur Gʻulom avval eski maktabda, soʻngra rus-tuzem maktabida taʼlim olgan. „Shum bola“ (1936) avtobiografik qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent hayoti tiniq tasvirlangan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Dinamo“ (1931), „Tirik qoʻshiqlar“ (1932) toʻplamlarida shoir ruhidagi betakrorlik, milliy oʻziga xoslik aks etdi. Insonga xos mangu tuygʻular „Qish va shoirlar“ (1929), „Non“ (1931), „Toshkent“ (1933), „Qutbda saylov“ (1937), „Men Yahudiy“ (1941), „Qish“ (1941), „Xotin“ (1942), „Afsuski, afsusni qoʻshib koʻmmadi“ (1945) singari sheʼrlarida aks etdi.

„Bogʻ“ (1934), „Sogʻinish“ (1942), „Kuz keldi“ (1945), „Kuzgi koʻchatlar“ (1948) singari sheʼrlarida obod bogʻ, saxiy bogʻbon, umiddagi kelajak gavdalanadi. Ota timsolida aks etgan „Sen yetim emassan“ (1942), „Sogʻinish“ (1942), „Biri biriga shogird, biri biriga ustod“ (1950), „Sizga“ (1947), „Bahor taronalari“ (1948) singari sheʼrlarida yurt, xalq, kelajak mas’uliyati tasvirlanadi.

„Netay“ (1930), „Yodgor“ (1936), „Shum bola“ (1936-1962) qissalari, „Hiylai sharʼiy“ (1930), „Mening oʻgʻrigina bolam“ (1965) singari hikoyalarida qahramon xarakterining milliy betakrorligini aks ettirgan.

1943-yilda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasiga haqiqiy aʼzo boʻldi. Akademik sifatida u adabiyot tarixini, yozuvchilar ijodini („Navoiy va zamonamiz“ (1948), „Folklordan oʻrganaylik“ (1939), „Jaloliddin“ dramasi haqida“ (1945), „Muqimiy“ (1941) yoritib berdi.

Gʻulom 1966-yilning 10-iyunida vafot etdi. Chigʻatoy qabristoniga dafn etildi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Hiylai sharʼiy“ (1930), „Mening oʻgʻrigina bolam“ (1965)

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mamajonov S. Shoir va zamonaviylik. Toshkent, „Fan“, 1963.
  • Akbarov A. Gafur Gulyam. Toshkent: „Yosh gvardiya“, 1974.
  • Sharafiddinov O. Xalq baxtining otashin kuychisi.
  • Gʻafur Gʻulom. Asarlar, 10 tom, Toshkent: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1978, 180-229.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]