Missuri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Missouridan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Flag of the United States.svg Missuri
Missouri
Flag of the United States.svg
Missuri bayrogʻi Missuri tamgʻasi
Missuri bayrogʻi Missuri tamgʻasi

Shtat laqabi:
(Show Me State)

Missouri in United States.svg
Poytaxt Jefferson City
Eng yirik shaharlar Kansas City
Saint Louis
Springfield
Maydon

   - Butun
   - % suv

AQSh: 21-oʻrinda

180,533 km²
1.17 %

Aholi

   - Butun (2011)
   - Zichlik
   - Senat oʻrinlari
   - Elektoral ovozlari

AQSh: 18-oʻrinda

5,800,310
31.36 kishi/km²
9
11

YShM

   - YShM
   - YShM/kishi

AQSh: 20-oʻrinda

$203,294 mil.
$35,297

Ittifoqqa kirish

   - Sana

24-boʻlib

10 avgust 1821

Vaqt UTC-6 (CST)
Qisqartma MS [28]
Shtat guli Hawthorn

(Crataegus)

Shtat daraxti Flowering dogwood

(Cornus florida)

Missuri – AQShning markaziy qismidagi shtat. Missisipi va Missuri daryolari havzasida. Maydoni 180,5 ming km². Aholisi 5,67 mln. kishi (2002), shundan 69% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi – Jefferson-Siti shahri; yirik shaharlari – SentLuis va Kanzas-Siti. M.ning yer yuzasi toʻlqinsimon tekislik. Janubida Ozark platosi (eng baland joyi 540 m) bor. Iqlimi moʻʼtadil iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –G, iyulniki 26°. Yillik yogʻin 1000 mm; tez-tez qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Daryolari kuchli toshadi.

Missuri – industrial-agrar shtat. Iqtisodiy faol aholining 25% sanoatda band. Qoʻrgʻoshin, temir rudasi, toshkoʻmir, bariy, qurilish materiallari qazib chiqariladi. Mashinasozlik va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Aviaraketa, avtomobilsozlik, radioelektronika, kimyo, goʻsht-konserva, un tortish korxonalari bor. Yoʻl qurish va qishloq xoʻjaligi mashinalari, koʻn-poyabzal, sement ishlab chiqariladi. Kora va rangli metallurgiya korxonalari mavjud. Missurining yetakchi tarmogʻi – chorvachilik. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari: makkajoʻxori, soya, bugdoy. Ozark platosida suli, Missisipi daryosi vodiysida paxta ekiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil