Mazlumxon Suluv maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mazlumxon suluv maqbarasiKoraqalpogʻistonning Xoʻjayli shahri yaqinidagi meʼmoriy yodgorlik (1314-asrlar). Mizdaxqon tepaligida joylashgan. Maqbara 5 xonadan iborat. Uning asosiy qismi yer ostida joylashgan. Maqbara sahniga yarmigacha koʻmilgan ravoq orqali zina^ti yoʻlakdan tushiladi. Yoʻlak ustki va ostki qismga ajratilgan. ularning oʻrtasiga gumbazli chorsi xona — dahliz (2,25 x 2,30) qurilgan. Pastki yoʻlakning oʻng tomonida yana bir gumbazli xona (2,92 x 3,00 m) joylashgan. Yulak zinalaridan katta xonaga (7,40 x 7,50 m) tushiladi. Xona ichi ravoqli taxmonlar hisobiga keng koʻrinadi. Sharqiy va shim. ravogʻida sagʻanalar joylashgan. Sagʻanalar 13— 14-asrlarga xos quyma koshinlar bilan chiroyli va nafis bezatilgan. Bezaklar orasiga falsafiy mazmundagi forscha sheʼrlar bitilgan. Sagʻanalar ustidagi xatlar toʻla saqlanmaganligi sababli kimlardafn qilingani nomaʼlum. Rivoyatga koʻra, bu yerdagi sagʻanalardan biri Xorazm shohining Mazlumxon ismli goʻzal (suluv) qiziniki boʻlgan deb taxmin qilinadi. Sagʻananing tomi 8 qirrali gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz darchalari ganch panjarali. Panjaralarning dumaloq teshikchalariga xona ichini bir tekis yoritib turuvchi doyra shaklidagi qabariq shishalar joilashtirilgan. Katta xonaning chap tomonidagi ravoq orqali kichik xona (4,30 x 4,50 m)ga oʻtiladi. Uning devorlari sirkor gisht va koshin bilan bezatilgan. Katta xona sahnidagi shohsupaning (bap. 4—5 sm) butun sathiga zan-gori va oq koshindan (sakkiz va uch-burchak shaklda) girih naqshlar ishlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil