Mahmud Sulton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mahmud sultondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Mahmud sulton, Mahmud Bahodir sulton ibn shoh Budogʻ sulton ibn Abul-xayrxon (1454—1504) — shayboniy sultonlardan, Muhammad Shayboniyxonning ukasi. 3 yoshida qalmoqlar xoni Oʻztemurtoyshi qoʻliga tushib, 7 yil tutqunlikda boʻlgan. Akasining barcha yurishlarida faol ishtirok etgan. 15-asr oxirida Dashti Qipchoqdagi qozoq xonlari (Burunduqxon, Qosimxon) bilan kurashgan. Shayboniyxonning Movarounnahrga qilgan yurishida qatnashgan (1500—04). 1501 yil Qorakoʻlda shayboniylarga qarshi koʻtarilgan xalq koʻzgʻolonini shafqatsizlik bilan bostirgan. 1502 yil yanvar-fevralda Jonibek sulton bilan Oʻratepa, Xoʻjand atrofidagi qishloqlarga va Chirchiq boʻyidagi tumanlarga bosqinchilik yurishi qilgan. 1503 yil shayboniylarning Xorazmga qilgan yurishiga rahbarlik qilgan. Shayboniylar Tohariston, Qunduz, Bagʻlon va Badaxshonni Xusravshohdan tortib olishgach, bu yerlar Mahmud sultonga berilgan (1504). Biroq M. s koʻp hokimlik qilmagan, bir oz vaqtdan keyin Qunduzda vafot etgan. Mahmud sulton Samarqandda dafn etilgan. Mahmud sulton saroyida koʻplab mashhur shoirlar, tarixchilar ijod qilishgan. Chunonchi, "Fathnoma" asari muallifi Mulla Shodi, "Shayboniynoma" muallifi Muhammad Solih, "Tarixiy Rashidiy" muallifi Muhammad Haydar va boshqa maʼlum muddat uning huzurida fa-oliyat koʻrsatishgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Mirza Muhammad Xaydar, Tarix-i Rashidi. T., 1996; Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982; Materiali po istorii kazaxskix xanstv XV—XVIII vv., Alma-Ata, 1969.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil