Ulus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ulus (moʻgʻulcha — davlat, xalq, odamlar) — 1) Moʻgʻullar davlati shakllanish davri (13a. boshi)da muayyan bir noʻyota tobe boʻlib, unga qarashli yerlarda koʻchmanchilik bilan hayot kechiruvchi kattakichik oilalar guruhi; 2) Chingizxon tuzgan ilk moʻgʻul davlati; 3) moʻgʻullar istilosi davrida bosib olingan hududlardan Chingizxon farzandlariga boʻlib berilgan mulk (udel) lar (mas, Joʻji ulusi, Chigʻatoy ulusi va boshqalar). 13a.ning 2yarmida bu U.lar mustaqil davlatlarga aylanib, nomigagina saltanat xukmdori — ulugʻ qoonga boʻysunganlar. 15— 17-a. oxirlarida U. — Moʻgʻulistondagi yirik yer mulki va musulmon adabiyotida Chingiziylar davlatlarining atalishi. Moʻgʻuliston manjurlar tomonidan bosib olingach, mamlakat aymoklar va xoshunlarga ajratilgan. "U." atamasi mulk maʼnosida qoʻllanilmaydigan boʻlgan va astasekin "xalq" maʼnosini anglata boshlagan. Hozirgi vaqtda "U." atamasi "davlat" atamasining sinonimi sifatida ishlatiladi; 4) buryatlar va kalmiklar Rossiya tarkibiga kiritilgandan soʻng "U." atamasi Okt. toʻntarishigacha feodal mulk, soʻngra maʼmuriy birlik maʼnosini saqlab qolgan.