Qosimxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qosimxon (1445-1518-21) - qozoq xoni, Joʻjixon avlodidan. Qozoq xonligining asoschilardan biri Jonibek sultonning oʻgʻli. Q.ning onasi Jahonbegim Shayboniyxonning onasi Oqqoʻzibegimning singlisi boʻlgan. 1503 yilda akasi Adik sulton vafotidan soʻng ulus boshqaruvi Q. qoʻliga oʻtgan. Garchi u oʻz ulusining sultoni boʻlsada xonlikda yuqori nufuzga ega boʻlib, oʻsha vaqtdagi qozoq xoni Burunduqxonning keyin turuvchi 2-shaxs hisoblangan. Uning harbiy yurishlardagi muvaffaqiyati, boshqa qozoq sultonlarini ham uning atrofiga birlashuviga sabab boʻldi. 1509 yilning 2-yarmida amalda butun hokimiyat Q. qoʻliga oʻtgan. Lekin 1511 yildagina rasman xonlik yorligʻiga ega boʻlgan. Uning hukmronlik yillarida xonlik hududi ken-gayib, hokimiyat boshqaruvi mustahkamlangan. Q. davlati tarkibita jan.-sharqda Yettisuvning bir qismi, shim-gʻarbdan Volga daryosining oʻng qirgʻoqlari, shim. va shim.-sharqda Ulugʻtogʻ etaklari va Balxash koʻli boʻylari, jan.da Sirdaryoning oʻng qirgʻogʻigacha boʻlgan hududlar kirgan. q. shayboniy sultonlar bilan doimiy ravishaa Sirdaryo boʻyi shaharlari uchun jang olib borgan boʻlsa-da, ammo ularning Eron safaviylariga qarshi qurashini qoʻllab-quvvatlagan. 1513—14 yil larda Ismoil Safaviy qoʻshinlariga qarshi kurashish uchun shayboniylar bilan ittifoq tuzgan. Shuningdek, q. davrida Qozoq xonligi Moskva, shuningdek, Qrim va Yorkend xonliklari bilan ham turli sohalarda aloqalar olib borgan. Q. vafotidan soʻng birmuncha vaqt xonlik taxti boʻsh qolgan. Faqat 1522 yildagina uning oʻgʻli mamashxon taxtni egallashta muvaffaq boʻlgan. Ammo bu bilan taxt uchun kurash barham topmagan. Oqibatda ichki vaziyat q. tiklagan davlatning inqirozga uchrashiga sabab boʻlgan.

Gulchehra Sultonova.