Luiziana
| |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Shtat | |||||
| |||||
|
Shtat laqabi: | |||||
| Mamlakat | |||||
| Poytaxt | Baton Rouge | ||||
| Eng yirik shaharlar | New Orleans2 Baton Rouge2 Shreveport | ||||
| Maydon • Butun |
AQSh: 31-oʻrinda 134,264 km² | ||||
| Aholi • Butun (2021) |
AQSh: 24-oʻrinda 4,523,628 | ||||
| YIM |
AQSh: 24-oʻrinda $152,944 million | ||||
| Ittifoqqa kirish • Sana |
18-boʻlib 30-aprel 1812 | ||||
| Vaqt | UTC-6 (CST) | ||||
| Qisqartma | LA [22] | ||||
| Shtat guli | Magnolia (Magnolia) | ||||
| Shtat daraxti | Baldcypress | ||||
Luiziana - AQShning janubidagi shtat. Meksika qoʻltigʻi sohilida. Maydoni - 123,6 ming km². Aholisi - 4,46 mln. kishi (2001), yarmidan koʻprogʻi shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — BatonRuj shahri. Eng katta shahri va yirik dengiz porti — Yangi Orlean. Transport yoʻllari yaxshi rivojlangan. Luiziananing sohil qismi botqoqli pasttekislik, shimoli-gʻarbiy qismi sertepa (eng baland joyi 163 m). Iqlimi subtropik, sernam iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 12° dan 27,5°gacha. Yiliga 1100 — 1500 yogʻin yogʻadi. Qaragʻay oʻrmonlari bor.
Luiziana — industrial-agrar shtat. Konchilik sanoati rivojlangan. Luiziana AQShda qazib olinadigan neft va tabiiy gazning katta qismini beradi. Neftni qayta ishlash, kimyo, alyuminiy, neft-kimyo sanoatlari rivojlangan. Yogʻochsozlik, qogʻoz, oziq-ovqat, ke-masozlik va kema taʼmirlash, metallsozlik, harbiy sanoat korxonalari, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish zavodi bor.
Qishloq xoʻjaligida tovar mahsulotining yarmidan kupi dexdonchilikdan olinadi. Asosiy ekinlari: sholi, paxta, shakarqamish. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Baliq ovlanadi. L. shtati 1812-yilda tuzilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |