Kentukki
| |||||
---|---|---|---|---|---|
| |||||
Shtat laqabi: | |||||
![]() | |||||
Poytaxt | Frankfort | ||||
Eng yirik shaharlar | Louisville Lexington Owensboro | ||||
Maydon - Butun |
AQSh: 37-oʻrinda 104,659 km² | ||||
Aholi - Butun (2011) |
AQSh: 26-oʻrinda 4,173,405 | ||||
YShM |
AQSh: 26-oʻrinda $136,446 mil. | ||||
Ittifoqqa kirish - Sana |
15-boʻlib 1 iyun 1792 | ||||
Vaqt | UTC-5 (EST) / -6 (CST) | ||||
Qisqartma | KY [21] | ||||
Shtat guli | Goldenrod | ||||
Shtat daraxti | Tulip-tree |
Kentukki - AQShning janubiy qismidagi shtat. Maydon 104,6 ming km2. Aholisi 4,06 mln. kishi (2001), yarmidan koʻprogʻi shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Frankfort shahri. Yirik shaharlari: Luisvill, Leksington. K.ning koʻp qismi Kamberlend platosida (bal. 200–450 m) joylashgan. Karst relyef shakli koʻp. Mashhur Mamont gʻori ham oʻsha yerda. Gʻarbiy va shim.-gʻarbiy qismlari tekislik. Ogayo, Kamberlend va boshqa daryolar kesib oʻtadi. Iqlimi moʻʼtadil nam iqlim. Oylik oʻrtacha temperatura yanv.da 0,4°, iyulda 24,4°. Yillik yogʻin 1000–1250 mm.
Kentikki — industrial-agrar shtat. Kimyo (sintetik kauchuk, tola, plastmassa va boshqa), elektrotexnika (uy-roʻzgʻor asboblari) va umumiy mashinasozlik sanoati rivojlangan. Padyuka shahri. AKShdagi atom sanoati markazlaridan biri. Oziqovqat (vino, jumladan, viski tayyorlash) va tamaki sanoati korxonalari bor. Toshkoʻmir, tabiiy gaz, neft qazib chiqariladi. Qishloq xoʻjaligida tamaki (hosili boʻyicha AKShda Shim. Karolina shtatidan keyin 2-urinda), makkajoʻxori, yemxashak ekinlari, soya, bugʻdoy ekiladi. Goʻsht-sut va goʻsht chorvachiligi rivojlangan. Ogayo daryosida kema qatnaydi.[1]
Manbalar[tahrir]
|
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |