Kanzas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kansasdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Flag of the United States.svg Kanzas
Kansas
Flag of the United States.svg
Kanzas bayrogʻi Kanzas tamgʻasi
Kanzas bayrogʻi Kanzas tamgʻasi

Shtat laqabi: Kungaboqar shtati
(Sunflower State)

Kansas in United States.svg
Poytaxt Topeka
Eng yirik shaharlar Wichita
Overland Park
Kansas City
Maydon

   - Butun
   - % suv

AQSh: 15-oʻrinda

213,096 km²
0.56 %

Aholi

   - Butun (2011)
   - Zichlik
   - Senat oʻrinlari
   - Elektoral ovozlari

AQSh: 33-oʻrinda

2,744,687
12.69 kishi/km²
4
6

YShM

   - YShM
   - YShM/kishi

AQSh: 32-oʻrinda

$98,946 mil.
$36,195

Ittifoqqa kirish

   - Sana

34-boʻlib

29 yanvar 1861

Vaqt UTC-6 (CST) / -7 (MST)
Qisqartma KS [20]
Shtat guli Sunflower

(Helianthus annuus)

Shtat daraxti Cottonwood

(Populus deltoides)

KanzasAQShning markaziy qismidagi shtat. Maydon 213,1 ming km2. Aholisi 2,68 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Topika shahar. Sanoat markazlari — Kanzas-Siti va Uichito shaharlari. Yer yuzasi toʻlqinsimon tekislik, Qoyali togʻlardan Missuri daryosiga tomon qiyalanib boradi. Markaziy qismida Smoki-Xils, Blu-Xils tepaliklari (bal. 862 m gacha) bor. Iqlimi moʻtadil kontinental iklim (oʻrtacha oylik temperaturaalar —3° dan 26° gacha). Yillik yogin 550–950 mm, yozi qurgʻoqchil. Asosiy daryolari — Kanzas va Arkanzas (yilning koʻp qismida kamsuv). Kanzas — AQShning qishloq xoʻjaligi rivojlangan shtatlaridan. Qishloq xoʻjaligida 2/3 tovar mahsulotini chorvachilik, asosan, goʻsht chorvachiligi beradi. Dehqonchilikda joʻxori (sorgo) va kuzgi bugʻdoy yetishtiriladi. Mamlakatda bugʻdoy hosili boʻyicha 1-, qoramol soni boʻyicha 4-oʻrinda. Oziq-ovqat (goʻsht-konserva, un tortish, yem ishlab chiqarish.) sanoati rivojlangan. Aviatsiya, avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, neftni qayta ishlash, kimyo sanoati korxonalari bor. Neft, tabiiy gaz, geliy (AQShda 1-oʻrinda) olinadi.

Kanzas hududini yevropaliklar egallagunga qadar, u yerda indeys qabilalari yashagan. Yevropaliklar Kanzasga il k bor 1541 yilda kelgan. 1803 yildan AQSH bu shtatni Luiziana tarkibida Fransiyadan sotib olgan. 1854 yilda AQShga qarashli hudud maqomi berildi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil