Fußballclub Gelsenkirchen-Schalke 04 e. V. (FC Schalke 04, Schalke 04 yoki shunchaki S04) Shimoliy Reyn-Vestfaliya shtatining Gelsenkirchen shahridagi Schalke tumanida asos solingan nemisfutbol klubidir. 1930- va 1940-yillarning boshlarida katta muvaffaqiyatlarga erishgan bu guruh hozir ham Germaniyaning eng mashhur futbol klublaridan biri sanaladi. 2014-yil mart oyi holatiga koʻra, 158 000 ta aʼzoga ega boʻlgan[2] ushbu klub kattaligi boʻyicha Germaniyada ikkkinchi, jahonda esa uchinchi sport klubidir.[3]
Schalke 04 Yevropadagi ilk gʻalabasiga 1997-yiliMilanda Internasionale futbol klubini magʻlub etib, UEFA kubogini qoʻlga kiritish orqali erishdi. Papa Jan Pol1987-yilda Park stadionida boʻlib oʻtgan tantanali marosimda klubning faxriy aʼzosi boʻldi.