Janubiy Amerika yaguari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Janubiy Amerika yaguari
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Turkum: Yirtqichlar
Oila: Mushuksimonlar
Urugʻ: Panteralar
Turlari: Janubiy Amerika yaguari
Binar nomi
Panthera onca palustris

Janubiy Amerika yaguari – Janubiy Amerikadagi yaguar (Panthera onca) populyatsiyasi[1][2]. Janubiy Amerika uchun yaguarning bir qancha kenja turlarii taklif qilingan boʻlsa-da, morfologik va genetik tadqiqotlarda turosti ajratish orqali hech qanday dalil aniqlamagan[3][4].

Taksonomik tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab, Janubiy Amerika uchun bir qator kenja turlar tavsiflangan[2]:

  • Panthera onca onca 1939-yilda Reginald Innes Pocock tomonidan taklif qilingan[1][2]
  • Pocock, shuningdek, Panthera onca peruviana (de Blainville, 1843)[5] kabi boshqa kenja turlarni ham eslatib oʻtgan, ammo oxir-oqibat, dalillar yoʻqligi sababli, Panthera onca peruviana, Panthera onca onca bilan bir xil kenja tur boʻlishi taxminini qabul qilgan. Boshqacha qilib aytagan-da, Panthera onca onca taksonomik nomi Amazon daryosining shimoliy, gʻarbiy qismida va Markaziy Amerikaning janubida yashaydigan yaguarlarning geografik guruhini bildirgan[4][6][7].
  • Pantanal yaguar, Argentinadan tashqari, Janubiy Amerikaning Pantanal mintaqasida uchraydigan Panthera onca palustris (Ameghino, 1888) taksonomik nomi sifatida kenja tur sifatida taklif qilingan.
  • Boliviyadan olingan namunaga Panthera onca boliviensis nomi berilgan (Nelson va Goldman, 1933).
  • Panthera onca paraguensis (Hollister, 1914) Gran Chaco yoki Paragvayning Pantanal mintaqalaridan yaguar sifatida tasvirlangan[8].

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Santa-Kruz hayvonot bogʻidagi mqora yaguar, Boliviya

Yaguarlar pumalardan kattaroq hisoblanib, Janubiy Amerikadagi tur Markaziy yoki Shimoliy Amerikadagilarga qaraganda ogʻirroq boʻladi. Janubiy Amerikada Amazon daryosining shimoliy va janubiy qismida joylashgan yaguarlar orasida farq mavjud[2].

Gayanada 91 kg (201 lb) gacha ogʻirlikdagi namunalar haqida xabar berilgan[9]. Venesuelada erkak va urgʻochi yaguarlar uchun tana ogʻirligi oʻrtacha 95.0 kg (209.4 lb) ni tashkil etdi va 56.3 kg (124 lb) mos ravishda, [10] keyingi turning tana ogʻirligi esa Belizdagi Markaziy Amerika erkak yaguarlarnikiga oʻxshashdir[2]. Venesuela erkak va urgʻochi yaguarlarning vazni 120 kg (260 lb) ga yetishi mumkin[11]. Venesueladagi Llanos va Braziliya janubidagi Pantanal mintaqasi, Boliviya va Paragvaydagi yaguar populyatsiyalari turlarning eng kattalari hisoblanadi[12]. Pantanal yaguarlarning uzunligi taxminan 2.7 m (8.9 ft) ni, erkaklarining oʻrtacha ogʻirligi 94.8 kg (209 lb) ni, urgʻochilarining oʻrtacha ogʻirligi esa 77.7 kg (171 lb) ni tashkil qiladi[13]. Baʼzi yaguarlarning vazni 135 kg (298 lb) dan oshishi mumkin[14].

Tahdid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teodor Ruzvelt tomonidan oʻldirilgan yaguar[15]

Boliviyadagi yaguarlarga ularning qismlari, shu jumladan tishlarining Xitoyga noqonuniy savdosi tahdid solmoqda. Shuningdek, yashash hududlarining yoʻqolib borishi va insonlar bilan toʻqnashuvlar tahdid solmoqda[16].

Madaniy ahamiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaguar Argentina milliy federatsiyasining regbi ittifoqining emblemasi tepasida tasvirlangan[17]. Jaguares de Córdoba – Kolumbiyadagi futbol jamoasi[18]. Lost Land of the Jaguar – BBC tomonidan suratga olingan Gayana faunasi, jumladan, yaguar haqidagi hujjatli film[19].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Pocock, R.I. (1939). "The races of jaguar (Panthera onca)". Novitates Zoologicae (41): 406–422. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Seymour, K. L. (1989). "Panthera onca". Mammalian Species (340): 1–9. doi:10.2307/3504096. Archived from the original on 20 June 2010. https://web.archive.org/web/20100620231016/http://www.science.smith.edu/departments/Biology/VHAYSSEN/msi/pdf/i0076-3519-340-01-0001.pdf. Qaraldi: 2009-12-27. Janubiy Amerika yaguari]]
  3. Larson, S. E. (1997). "Taxonomic re-evaluation of the jaguar". Zoo Biology 16 (2): 107–120. doi:10.1002/(SICI)1098-2361(1997)16:2<107::AID-ZOO2>3.0.CO;2-E. 
  4. 4,0 4,1 Ruiz-Garcia, M.; Payan, E.; Murillo, A.; Alvarez, D. (2006). "DNA microsatellite characterization of the jaguar (Panthera onca) in Colombia". Genes & Genetic Systems 81 (2): 115–127. doi:10.1266/ggs.81.115. PMID 16755135. https://www.jstage.jst.go.jp/article/ggs/81/2/81_2_115/_pdf. Qaraldi: 2015-09-08. Janubiy Amerika yaguari]]
  5. Nowak, Ronald M.. Walker's Mammals of the World. Baltimore: Johns Hopkins University Press, 1999 — 831 bet. ISBN 0-8018-5789-9. 
  6. Nowell, K. „Panthera Onca“,. Wild Cats. Status Survey and Conservation Action Plan. Gland, Switzerland: IUCN/SSC Cat Specialist Group, 1996 — 118–122 bet. 2015-yil 7-sentyabrda qaraldi. 
  7. Caso, A.; Lopez-Gonzalez, C.; Payan, E.; Eizirik, E.; de Oliveira, T.; Leite-Pitman, R.; Kelly, M.; Valderrama, C. (2008). "Panthera onca". IUCN Red List of Threatened Species 2008. 
  8. Panthera Onca“,Wild Cats. Status Survey and Conservation Action Plan Nowell, K.: . Gland, Switzerland: IUCN/SSC Cat Specialist Group. IUCN, 1996 — 118–302 bet. 2015-yil 7-sentyabrda qaraldi. 
  9. Francis, Adama M.; Iserson, K. V. (2015). "Jaguar Attack on a Child: Case Report and Literature Review". Western Journal of Emergency Medicine 16 (2): 303–309. doi:10.5811/westjem.2015.1.24043. PMID 25834674. PMC 4380383. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4380383. 
  10. Mondolfi, E.; Hoogenstein, R. (1986), „Status of the jaguar in Venezuela“, Cats of the World: biology, status and conservation, Washington D. C.: National Wildlife Federation, 85–123-bet
  11. Novak, R. M. „Panthera onca (jaguar)“,. Walker's Mammals of the World, 6th, Baltimore: Johns Hopkins University Press, 1999 — 829–832 bet. ISBN 0-8018-5789-9. 
  12. Jedrzejewski, W.; Abarca, M. R.; Viloria, Á.; Cerda, H.; Lew, D.; Takiff, H.; Abadia, E.; Velozo, P. (2011) (pdf). Jaguar conservation in Venezuela against the backdrop of current knowledge on its biology and evolution. 36. Interciencia. pp. 954–966. https://www.researchgate.net/publication/220033215. Qaraldi: 2019-07-12. Janubiy Amerika yaguari]]
  13. Schaller, G. B.; Vasconselos, J. M. C. (1978), Jaguar predation on capybara (PDF), 43-jild, Z. Säugetierk
  14. „Brazil nature tours, Pantanal nature tours, Brazil tours, Pantanal birding tours, Amazon tours, Iguazu Falls tours, all Brazil tours“. Focustours.com. 2007-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 28-fevral.
  15. Roosevelt, T. (1915). "The Animals of Brazil". The American Museum Journal XV (2): 35−48. https://archive.org/stream/americanmuseumjo15amer/#page/46/mode/1up. 
  16. Navia, R.. „Fang trafficking to China is putting Bolivia's jaguars in jeopardy“. Mongabay.com (2018-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 1-fevral.
  17. Davies, Sean. „Puma power: Argentinian rugby“. bbc.co.uk (2007-yil 26-iyul). Qaraldi: 2007-yil 8-oktyabr.
  18. „Jaguares de Córdoba“. Soccerway.com. Qaraldi: 2013-yil 23-iyun.
  19. „Lost Land of the Jaguar“. BBC One. Qaraldi: 2012-yil 5-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]